La Liga klublari Evropa chempionatining gruziyalik yulduziga davogar
24 iyu 13:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/794622_original.jpg)
![](/upload/storage/794622_220.jpg)
La Liga klublari Evropa chempionatining gruziyalik yulduziga davogar
Evro ko'plab o'yinchilar uchun vitrinaga aylanmoqda.
Ispaniyaning ikki klubida joriy mavsum "Mec" safida porlagan gruziyalik hujumchi Jorj Mikautadzega bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. Uning hisobida 12 ta gol va 4 ta golli pas bor.
23 yoshli Mikautadze o'tgan yili "Ayaks" tomonidan 16 mln evro evaziga sotib olingandi, biroq mavsumni ijara asosida "Mec"da o'tkazdi va u erda ajoyib natijalar ko'rsatdi – bu tajriba unga o'zini Evropaning eng istiqbolli istedodlaridan biri sifatida ko'rsatishga imkon berdi.
"Fichajes" xabariga ko'ra, futbolchining xizmatlariga "Atletiko" va "Betis" qiziqish bildirmoqda.
Gruziyalik hujumchining boshlang'ich bahosi 25 mln evro etib belgilangan. Juda katta summa, lekin uning salohiyati va so'nggi o'yinlari bilan bu oqlab ketiladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar
Шу болани олишга олиб нуқул 5-7 дақиқа қолганда тушуришди.
Лекин шу вақт давомида хам унинг мега талант экани куриниб турарди.
Кейин эса ижара асосида Мецга бериб юборишди.
Бу мавсум Аякс тарихидаги энг ёмони булди ва бундай натижаларга асосий айбдор клуб мутасаддилари.
Ана,Жоржга энди Ла Лиганинг кузга куринган клублари даъвогар,улар хам ахмоқ эмас,футболчининг потенциалини куриб туришибти.
Омад!
Уйини Исконинг уйинини эслатиб юборади.