So’nggi yangiliklar

19:00Ўзбекистон кубоги. Финал. "Навбаҳор" - "Андижон" 1:2 (матнли трансляция)  110 18:35АПЛ. Бешта баҳснинг асосий таркиблари билан танишинг  0 18:27АПЛ. Жотанинг голи "Ливерпуль"га муҳим 3 очкони тақдим этди  4 17:32"Барселона" дарвозабони ҳалиям чекиб турар экан  5 16:03"Навбаҳор" - "Андижон". Асосий таркиблар билан танишинг  12 15:25БАА Ўзбекистонга қарши баҳс учун терма жамоага чақирилган футболчилар рўйхатини эълон қилди  13 14:57Лукаку уни терма жамоага чақиришларини хоҳламаяпти  0 14:22Фаррух Турдалиев: “Андижон” мухлисларини "Боруссия" мухлисларига ўхшатдим"  2 14:16Абдумажид Тоиров: “Икки жамоа ўртасидаги кураш финал йўлланмаси ҳал қилинган кунданоқ бошланган”  0 13:57"Пахтакор" - "Динамо" учрашувини бошқарадиган ҳакамлар маълум бўлди  7 13:28Пеп Гвардиола АПЛ қароридан норози  11 13:20Бугун Ўзбекистон Кубоги финалида ишлайдиган ПФЛ вакили келаси йил ОФКда иш бошлайди  5 12:46Ўзбек ва жаҳон футболи ҳамда футзали юлдузлари ўртасида баҳс ўтказилди  5 12:14"Ювентус" майдонга тушмай маош олаётган юлдуздан қутилмоқчи  2 11:50"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 8 ёшли Умарбеков Бурхон  0

La Liga. 45 daqiqaga to'xtab qolgan o'yinda "Barselona" "Kadis" darvozasiga 4 ta to'p kiritdi Yangiliklar

La Liga. 45 daqiqaga to'xtab qolgan o'yinda "Barselona" "Kadis" darvozasiga 4 ta to'p kiritdi

Ispaniya chempionati 5-turidan joy olgan "Kadis" – "Barselona" uchrashuvi tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib boring.

Cadiz

LaLiga . 5-tur

10/09/2022, 21:30

4
:
0
Tugadi

Barcelona

Frenkie de Jong - 55', Robert Lewandowski - 65', Ansu Fati - 86', Ousmane Dembele - 90'

Stadion: Estadio Nuevo Mirandilla, 19530 tomoshabin

Bosh hakam: Carlos del Cerro

45'
90'
59'  Alex Fernandez (Tomas Alarcon)
60'  Ivan Alejo (Theo Bongonda)
72'  Ruben Sobrino (Alvaro Negredo)
72'  Lucas Perez (Awer Mabil)
72'  Federico San Emeterio (Ruben Alcaraz)
16'  Raphinha
53'  Sergio Busquets
55'  Frenkie de Jong
56'  Gerard Pique
57'  Ferran Torres (Ousmane Dembele)
57'  Memphis Depay (Pedri)
57'  Gavi (Robert Lewandowski)
65'  Robert Lewandowski
72'  Raphinha (Ansu Fati)
78'  Alex Balde (Marcos Alonso)
86'  Ansu Fati
86'  Robert Lewandowski
90'  Ousmane Dembele
90'  Robert Lewandowski

Kadis – Barselona 0:4  

21.30, «Ramon de Karransa»

Gollar: de Yong 55', Levandovski 65', Fati 86', Dembele 90+2'

Kadis – Ledesma, Saldua, Ernandes, Mbaye, Espino, Aleks Fernandes (Alakron, 60), Alexo (Bongonda, 60), San-Emeterio (Alkaraz, 72), Lukas Peres (Mabil, 72), Sobrino (Negredo, 72), Okampo.

Barselona – ter Stegen, Belerin, Pike, Arauxo, Balde, Buskets, de Yong, Gavi (Pedri, 57), Depay (Levandovski, 57), Rafinya (Fati, 72), Ferran Torres (Dembele, 57).

Ogohlantirishlar: Rafinya (16), Buskets (55), Lukas Peres (56).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


BAHS YAKUNIGA ETDI!

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOL! Dembele o'ng oyoqdagi zarbasi orqali hisobni yanada yiriklashtirdi – 0:4!

90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

86. GOOOOOOOOOOOOOOL! Dembele birgina pasi bilan Levandovskini birga-bir holatga olib chiqdi, hujumchi himoyachi va darvozabonni aldab, to'pni Fatiga uzatdi. U bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi – 0:3!

84. Ruben Alkaraz jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi. To'p tribuna tomon yo'naltirildi.

82. Demak, o'sha vaqtdan davom etamiz.

- Bahs tez orada davom ettirilishi kutilmoqda. 

Futbol o'z yo'liga. "Kadis" – "Barselona" uchrashuvi muxlisning tobi qochgani tufayli to'xtatildi

102. Bosh hakam Del Serro Grande va futbolilar kiyinish xonasiga yo'l olishdi.   

98. Nima bo'lgan taqdirda ham kutamiz. Sabr qilamiz. Umid qilamizki, barchasi ijobiy yakun topadi.

89. Hamma-hamma o'yga tolgan. CHunki inson hayoti uchun kurash olib borilmoqda. 

88. Muxlislar shifokorlarni olqishlab turishibdi. Hammaning nigohi o'sha tribunaga qaratilgan...

82. Tribunalardan birida muxlislardan birining tobi qochgani aytilmoqda. SHu bois o'yin to'xtatilib, zaruriy va tezkor yordam ko'rsatilmoqda.

80. Dembelening havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Ledesma to'pni egallab oldi.

78. "Barselona"da almashtirish: Balde o'rniga Alonso tushdi.

74. Okampo Bukestga nisbatan juda qo'pol harakat qildi.

73. Zarba! Ruben Alkaraz havodagi kurashda g'olib chiqib, bosh bilan zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

72. "Barselona"da o'zgarish: Rafinya o'rniga Fati tushirildi.

72. "Kadis"da 3 ta almashtirish: San-Emeterio o'rniga Alkaraz, Lukas o'rniga Mabil, Sobrino o'rniga Negredo bahsni davom ettiradi.

71. Zarbaaa! Rafinya ikki marta zarba berdi. Birinchisi himoyachiga tegib qoldi, ikkinchisini darvozabon ushlab oldi. 

68. "Barselona" pozicion hujum uyushtirmoqda. Kataloniyalik futbolchilar raqib himoyasining ochiq nuqtalarini qidirishyapti.

65. GOOOOOOOOOOOOL! de Yongning zarba yo'llashiga to'sqinlik qilgan himoyachilar Robert Levandovski oldida ojiz qolishdi. Hujumchi osonlik bilan darvozaga yo'l topdi – 2:0! 

63. Zarba! Serxio Busketsning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

60. "Kadis"da 2 ta o'zgarish: Fernandes o'rniga Alakron, Alexo o'rniga Bongonda maydonga tushdi.

57. "Barselona"da 3 ta o'zgarish: Ferran Torres o'rniga Dembele, Depay o'rniga Levandovski, Gavi o'rniga Pedri o'yinga qo'shildi.

56. Lukas Peres sportga xos bo'lmagan harakati uchun ogohlantirildi.

55. GOOOOOOOOOOOOOOL! Gavining pasidan keyin to'pni darvozabon qaytarishga harakat qilgach, to'p Frenki de Yongga borib tushdi. Yarim himoyachi deyarli bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi – 0:1!

53. Serxio Buskets o'ng qanotdan oldinga intilayotgan Ival Alexoni yiqitdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

49. Zarba! Frenki de Yong to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'ymoqchi bo'ldi, ammo Ledesma u nima qilmoqchi bo'lganini oldindan o'qiy oldi va to'pni egalladi. 

48. Bugungi uchrashuvni tomosha qilish uchun 19 530 tomoshabin kelgani aytilmoqda.

47. Ivan Alexoning uzatmasi himoyachilar tomonidan bartaraf etildi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45+3. Vauuu! Ferran Torresning o'ng oyoqdagi aylanma zarbasi sal noaniq yo'nalish kasb etdi. 

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi.

45. Belerinning qanotdan ichkariga uzatib bergan to'pi Mbaye tomonidan bartaraf qilindi.

42. Gavi va San-Emeterio to'qnashib ketishdi. Futbolchilarga tibbiy yordam ko'rsatildi.

39. Saldua Torresga nisbatan qoidani buzdi.

38. Rafinyaning pasidan so'ng Depay va Torres to'pni talashib qolishdi. Keyin esa Balde to'p bilan biroz oldinga borib, yiqilib tushdi. Uning aytishicha, qoida buzish bor edi, biroq hakam bunday hisoblamadi.   

35. Uuuux! Rafinya burchak zarbasini tezlik bilan o'yinga kiritdi. Belerinning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Arauxo bosh bilan qulay poziciyadan joy olgan Depayga berdi, hujumchining zarbasiga esa aniqlik etishmadi. Zo'r vaziyat edi...

32. Mamadu Mbaye va Ronald Urauxo havodagi to'p uchun kurashda qatnashdi, "Kadis" futbolchisiga yordam kerak bo'lmoqda. SHuningdek, hakam fursatdan faoydalangan holda barcha futbolchilar suv ichib olishlariga imkoniyat yaratmoqda.

28. Lukas Peres qulay imkoniyatga ega chiqishi mumkin edi, biroq u ofsaydda qolgani uchun hakam o'yinni to'xtatdi.

26. Belerin Okamponi qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi.

24. Lukas Peresning yaxshi uzatmasidan keyin himoyachilar sergak turganliklarini namoyish qilishdi va to'pni uzoqlashtirdilar.

22. Rafinya qulay poziciyaga chiqib borib, zarba berdi. Uning zarbasi juda xavfli, ammo noaniq chiqdi.

19. Gavining ichkarig oshirib bergan xavfli to'pi himoyachilar tomonidan bartaraf qilindi.

16. Rafinya maydon markazidan hujum tomon intilayotgan Lukasni yiqitdi va sariq kartochka oldi.

14. Ektor Belerin kechikish tufayli Brayan Okampoga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

11. "Barselona" standartdan keyin vaziyat hosil qilmadi. Himoyachilar omadli o'ynab, to'pni uzoqlashtirishdi.

10. Zarbaaaa! Rafinya chap oyoqda yo'llagan zarbasi orqali darvoza ustunini nishonga oldi. Qaytib kelgan to'pga ega chiqqan Torresning zarbasini esa Ledesma qaytardi, burchak zarbasi.

8. To'p nazorati ananaga muvofiq "Barselona"da.

5. Uuuux! Depay jarima maydonchasi ichida ikki himoyachini aldab, de Yongga pas berdi, so'ng to'p yana niderlandiyalik hujumchining o'ziga etib keldi. Uning zarbasi kuchsiz chiqqani bois Ledesma to'pga osonlik bilan ega chiqdi.

3. Alexandro Balde juda qo'pol o'ynadi va qoidani buzdi. Karlos Del Serro vaziyatni etibordan chatda qoldirmadi va hushtagini chaldi.

1. O'yinga start berildi!

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun La Liga 5-turida "Barselona" mehmonda "Kadis"ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика