“Kyoln” muxlislari sabab 60 000 evro jarima to'laydi
30 okt 2017 23:06
Yangiliklar
“Kyoln” muxlislari sabab 60 000 evro jarima to'laydi
Germaniyaning “Kyoln” klubi Evropa Ligasi doirasidagi “Arsenal”ga qarshi kechgan safar uchrashuvidagi muxlislarining tartibsizligi uchun 60 000 evro jarimaga tortildi.
Bundan tashqari, agar ikki yil davomida muxlislar bog'liq yana shunday holat takrorlansa, “Kyoln” mehmondagi o'yinlar uchun o'z ishqibozlariga chipta sota olmaydi.
Bu hali hammasi emas. Bundesliga klubi etkazilgan
zararni qoplashi uchun “Arsenal” jamoasi rahbarlari bilan bog'lanishi ham kerak
bo'ladi.
Malumot uchun, “Arsenal” - “Keln” o'yini belgilangan vaqtdan bir soat keyin
boshlangan edi. Boisi, germaniyalik chiptasi yo'q muxlislar stadionga bostirib
kirishga harakat qilishgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar