Kutilmagan xabar! "Barselona" Umtiti bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirdi. Endi Torresni ro'yxatdan o'tkazish mumkin
10 jan 2022 17:04
Yangiliklar
Kutilmagan xabar! "Barselona" Umtiti bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirdi. Endi Torresni ro'yxatdan o'tkazish mumkin
"Barselona" himoyachi Samyuel Umtiti bilan shartnomani uzaytirdi.
Yangi kelishuv 2026 yilga qadar mo'ljallangan, bu haqda Kataloniya klubi sayti xabar bermoqda.
SHu bilan birga franciyalik o'yinchi maoshi pasayishiga rozi bo'ldi. Endi "Man Siti"dan xarid qilingan Ferran Torresni ro'yxatdan o'tkazish mumkin.
28 yoshli Umtiti "Barselona"ga 2016 yilda "Lion"dan o'tgan edi. Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi bitta o'yinda maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq "Barselona" Umtitidan qutulish uchun unga klublar qidirayotgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar