So’nggi yangiliklar

08:09Месси Дембелени табриклади  0 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  0 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  110 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  13 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  42 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3

Kutilmagan xabar: "Al Nasr" jazoirlik futbolchini transfer qildi va Hamdamovga chiqish eshiklarini ochmoqda(mi)? Yangiliklar

Kutilmagan xabar: "Al Nasr" jazoirlik futbolchini transfer qildi va Hamdamovga chiqish eshiklarini ochmoqda(mi)?

Bir necha daqiqa avval amirliklar rasmiy sahifasi klub "Nant" futbolchisi Mehdi Obeid transfer qilinganini malum qildi.

Mehdi Obeid "Nant" klubiga 2019 yilda o'tgan va franciyaliklar bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagandi. "Al Nasr" jazoirlik markaziy yarim himoyachini "Nant" klubidan sotib oldi va bugun mazkur o'tishni elon qildi. Etiborli tarafi shundaki, "Al Nasr" klubi Obeid bilan 1,5 yillik shartnoma imzolanganini malum qilib, qo'shimcha sifatida futbolchi yaqindagina jamoaga erkin agent sifatida qo'shilgan Doston Hamdamov o'rniga ro'yxatdan o'tkazilishi haqida yozgan.

Bundan ko'rinib turibdiki, "Al Nasr" Hamdamov bilan xayrlashish arafasida. Klub Hamdamov bilan o'rtadagi shartnoma ikki yoki bir tomonlama buzadimi yoki futbolchini ijaraga beradimi, bu hozircha nomalum.

Eslatib o'tamiz, Doston Hamdamov "Paxtakor" bilan shartnomasi tugagach "Al Nasr"ga tekinga o'tgan va amirliklar bilan 1,5 yillik shartnoma qilgandi.

Doston Hamdamov shu vaqt mobaynida "Al Nasr" safida kubok doirasida 1 va chempionatda ikki o'yinda ishtirok etdi. Etiborli tarafi, Hamdamov hamma o'yinda asosiy tarkibda tushdi, lekin hech bir uchrashuvni to'liq o'tkazmay zaxiraga olindi.

Reyting: -70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика