So’nggi yangiliklar

08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  0 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  7

Kutilmagan istefo Yangiliklar

Kutilmagan istefo

Germaniya Futbol Ittifoqi prezidenti Raynxard Grindel istefoga chiqqani rasman elon qilindi.

Germaniya Futbol Ittifoqi rahbariyatida kutilmagan o'zgarish ruy berdi. Ittifoq prezidenti Raynxard Grindel muddati yakunlanmasidan oldinroq istefo chiqarildi.

Gap shundaki, kuni kecha Germaniya Futbol Ittifoqida Grindelning istefosi muhokama qilingandi. Bugun esa mazkur kutilmagan istefo kutilganidan ham tezroq ruy berdi.

Germaniya futboliga ixtisoslashgan saytimiz jurnalisti SHahboz Beg'amov kuni kecha telegramdagi kanalida mazkur holat borasida batafsil izoh qoldirgandi. Germaniya matbuoti Grindelning istefosini talab qilib, uning o'rniga terma jamoaning sobiq futbolchisi mazkur lavozimga o'tirishi kerakligi haqida bong urayotgandi.

Kuni kecha Germaniya matbuoti GFI prezidentligiga Filipp Lam nomzodini ideal variant sifatida yozayotgandi. Biroq Filipp Lam kecha mazkur lavozimda ishlash haqida o'ylamayotganini bildirib, gap-so'zlarga nuqta qo'ydi.

Germaniya Futbol Ittifoqi esa sobiq futbolchi Kristof Metcelder nomzodini ko'rib chiqayotgandi. Metcelder esa qishda "SHalke" klubi bilan muzokara o'tkazgan. Gelzerkirxenliklar Metcelderni yozda klub sport direktori lavozimida ko'rishni istashayotgandi.

Germaniya matbuotining yozishicha, Grindelning istefosiga bosh sabab sifatida mazkur voqealar katta o'rin tutdi:

 Grindel JCHdagi muvaffaqiyatsizdan so'ng tanqidlar yomg'iri ostida qolgan Lyov bilan kutilmaganda shartnomani (2022) uzaytirgandi.

Mesut O'zil bilan bo'lgan voqealarni izohsiz qoldirgani.

 Matbuot bilan muloqotda juda kam chiqqani va jurnalistlarning noqulay savollaridan qochgani. Yaqinda ham "DW" nashriga bergan intervyusi paytida FIFAning yangi turnirlari haqidagi savoldan so'ng intervyuni to'xtatgandi.

Tushunarsiz poziciya. Dastavval Lyovning Xummels, Boateng va Myuller bilan terma jamoada xayrlashganini tanqid qilib, keyinchalik bu tanqidiy ruhdagi gap bo'lmagani va shunchaki uni noto'g'ri tushunishganini aytgandi.

 "DFB-Medien" kuzatuv maslahatchisi sifatida GFIni ogohlantirmasdan oyiga 6000 ming evro haq olib turgan.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика