Kurtua: "Yaxshi o'yin bo'lishi mumkin edi, bunga LaLiga rahbariyati yo'l qo'ymadi"
10 jan 2021 13:38
Yangiliklar
Kurtua: "Yaxshi o'yin bo'lishi mumkin edi, bunga LaLiga rahbariyati yo'l qo'ymadi"
"Real" posboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionati 18-turi doirasida "Osasuna"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
Posbonga LaLiga rahbarlari chiqargan qaror maqul kelmagan ko'rinadi.
"Bugun chiroyli o'yin bo'lishi mumkin edi, ammo Primeradagilar bunga yo'l qo'yishmadi. Kuchli qor bo'roni bo'lishini kutayotgandik. Juda sovuq ob-havoga qaramay, bu erga etib keldik, endi qaytib keta olmayapmiz. Rahbarlar biz ham odam ekanligimizni, istalgan paytda maydonga tushadigan robotlar emasligimizni tushunishi kerak. Bizning ham oilamiz bor.
Bugun uch ochko olishga harakat qilgandik. CHunki bu erga etib kelish oson kechmadi. "Osasuna"ni tabriklayman, ular ajoyib ishni bajarishdi. Muzlagan maydonda barchaning imkoniyati teng bo'ladi. Raqiblar yaxshi himoyalandi, biz esa vaziyatlardan foydalana olmadik", - dedi Kurtua.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar