Kurtua transferidan so'ng Keylor Navas "Real"ni tark etadimi?
09 avg 2018 13:08
Yangiliklar
Kurtua transferidan so'ng Keylor Navas "Real"ni tark etadimi?
"Real" darvozaboni Keylor Navas Tibo Kurtua "Qirollik klubi"ga o'tishiga qaramasdan Madrid klubini tark etmoqchi emas.
So'nggi mavsumda Navas "Real"ning asosiy darvozaboni edi. Kostarikalik endi Kurtua bilan asosiy tarkib uchun kurashishi kerak. "Real" ham Navasni sotmoqchi emas. Darvozabon va klub o'rtasidagi bitim 2021 yilda yakuniga etadi.
"Ketishni reja qilayotganim yo'q" - deydi Navas.
"Real" Kurtua bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Belgiyalik bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi va keyinroq Madrid klubi futbolchisi sifatida tanishtiriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar