Kurtua: "Hakamlar "Real"ga yordam berganini hech qachon ko'rmaganman"
22 okt 00:17
Yangiliklar


Kurtua: "Hakamlar "Real"ga yordam berganini hech qachon ko'rmaganman"
"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua "Barselona" prezidenti Joan Laportaning "qirollik klubi"ning Ispaniya chempionatiga tasiri haqidagi gapiga munosabat bildirdi. Kataloniya klubi rahbari La Liganing 9-turida "Jirona"ga qarshi o'yinda (2:1) jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik chetlashtirilgandan so'ng, bu haqidagi savolga javob berdi.
"Laporta Negreyra ishi tufayli shu kabi gaplarni aytishi kerakligi uchun shunday dedi. Men hakamlarning "Real"ga yordam berganini hech qachon sezmaganman. Aksincha, ularning qarorlari bizning zararimizga ishlagan paytlar bo'lgan. Hakamlar ham odam, ular ham xato qilishi mumkin. Ularning xatolari bizga foyda keltirganini umuman his qilmayapman", — deya Kurtuaning so'zlarini keltiradi As.
Eslatib o'tamiz, ikki yil oldin "Barselona" hakamlar texnik qo'mitasining sobiq vice-prezidenti Xose Negreyra bilan birga korrupciya masalasida ayblangandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Liverpool, real Champions league finalida Ramos, Salah'ni yelkasini sindirdi, natijada sarik kartchks xam yoq.
Bavariya darbazosiga 3 metrik ofsayttan urilgan gol va hakazo