Kurtua: "Saudiya Arabistoni sport orqali o'z mavqeini yaxshilamoqchi"
11 jan 2023 10:46
Yangiliklar
Kurtua: "Saudiya Arabistoni sport orqali o'z mavqeini yaxshilamoqchi"
"O'ylaymanki, Ronaldu bilan shartnoma imzolash orqali Saudiya Arabistoni sportdagi o'z mavqeini yaxshilashni xohlayapti. Buni "Formula-1" va boshqa tadbirlarda ko'rdik. Misol uchun, bizning shu erda ekanligimiz shundan dalolat beryapti. Buni Jahon chempionatida ham ko'rdik. Saudiya Arabistoni Argentinani mag'lub etdi.
Krishtianu Ronalduning o'zi bu erga ko'chib o'tishga qaror qildi, bu Saudiya Arabistonining o'z mavqeini yaxshilash istagidan dalolat beradi. Bunday darajadagi o'yinchining o'tishi liga uchun muhim", – dedi Kurtua.
Eslatib o'tamiz, Madridning "Real" klubi 11 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Valensiya"ga qarshi bahs olib boradi. Saudiya Arabistoni uchinchi bor ushbu turnirga mezbonlik qilmoqda. To'rtta bo'lishi mumkin edi, ammo 2021 yilda koronavirus cheklovlari tufayli Superkubok Ispaniyada o'tkazilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar