So’nggi yangiliklar

12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  0 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  6 10:40Саудия жамаолари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  5 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  2 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  12 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  15 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0

"Kuper tatbiq etayotgan uslub jahonning istalgan jamoasiga tushadi" - Lushan Yangiliklar

"Kuper tatbiq etayotgan uslub jahonning istalgan jamoasiga tushadi" - Lushan

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushan O'zbekiston terma jamoasining argentinalik ustozi Ektor Kuperning ish uslubi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

- "Menimcha, Kuper oldiga JCH-2022ga chiqish vazifasi qo'yilgan. O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida g'olib chiqishdan ko'ra, mundial chiptasini qo'lga kiritishi muhimroq, nazarimda. Qita chempionatiga ko'p ham etibor qilmasdan, Qatarda o'tadigan Jahon chempionatiga harakatni kuchaytirish lozim. Osiyo Kubogi g'olibi mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olmaydi-ku?! Masalan Osiyo kubogini yutib, keyinchalik mundialga chipta qo'lga kiritilmasa bundan nima naf? Osiyo Kubogida muvaffaqiyatsiz qatnashib, keyinchalik JCHga chiqsa, bundan hamma xursand bo'ladi, to'g'rimi? Aytmoqchimanki, Kuperdan qo'yilgan vazifani talab qilish lozim. Uning oldiga aynan nima vazifalar qo'yilganini esa aniq bilmayman.

Kuper balki Osiyo kubogiga umuman boshqa tarkibni olib ketib, ularni ko'rmoqchi bo'layotgandir. Buni faqatgina murabbiyning o'zi biladi. Agarda uning oldiga mundial vazifasi qo'yilgan bo'lsa, mutaxassis shundan kelib chiqib ish qiladi. Masalan menga shunday vazifa qo'yilganida Osiyo kubogiga yosh tarkibni olib ketib, mundial paytda terma jamoaning o'zagi bo'ladigan avlodni shakllantirardim.

Kuper tatbiq etayotgan uslub? O'yinni himoyadan qurish uslubi jahondagi istalgan jamoaga tushadi. Masalan Braziliyaga himoyadan o'ynash uslubi mos tushadimi? Ular oxirgi 2 yildan buyon faqat himoyaviy o'yin ko'rsatishmoqda. Eng kuchli hujumkor futbolchilarga ega Braziliya terma jamoasi hattoki o'yinni himoya orqali qurmoqda. Hozirgi zamon futboli talabi shunday. Avvalgidek sen qo'lingdan kelganicha gol ur, biz istaganimizcha uramiz degan shior hozir ish bermay qo'ygan. Jahonning eng kuchli jamoalari aynan shu uslub orqali g'alabalarni qo'lga kiritmoqda. Yaqqol misol Franciya terma jamoasining JCHda ko'rsatgan o'yini va uslubi. Masalan menga Rossiya terma jamoasining o'yini umuman yoqmasdi. Lekin ular mundialda nimalar qilishdi? Xorvatiya terma jamoasini oling, ular-chi?

To'g'ri, ularda o'yin chizgisi bor. Bizda esa Kuper asta-sekinlik bilan bu uslubni shakllantirmoqda. Murabbiy futbolchilarga o'z uslubi va falsafasini o'rgatishi hamda jamoaga moslashishi uchun malum vaqt kerak. To'g'ri, biz ko'proq to'p bilan o'ynashni xush ko'ramiz. Bu bizning avvalgi uslub. Lekin bu bizga nima naf keltirgan? Har doim negadir o'z darvozamizdan ikkitalab gol o'tkazib qo'yamiz, to'g'rimi? Bu shunchaki mening shaxsiy fikrim. Kuperga vaqt berish kerak. Osiyo Kubogi boshlanmasidan oldin hamma murabbiyning uslubi va ishi haqida gapirmoqda. Hozirdan endigina ishga kirishgan odamni tanqid qilib tashlash noto'g'ri. Unda Kuper nega olib kelindi? Yangi murabbiy xotirjam ishlashi uchun sharoit qilib berish lozim. Agarda u vazifani uddalay olmasa, unda kechirasiz deb chiqish eshiklarini ko'rsatish kerak", - dedi Sergey Lushan.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика