So’nggi yangiliklar

18:13"Андижон" — "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9

Kundalik. Birinchi o'yinga 23 kun qolganda BAAdagi ikkinchi yig'in boshlandi Yangiliklar

Kundalik. Birinchi o'yinga 23 kun qolganda BAAdagi ikkinchi yig'in boshlandi

Avvalo bu safargi mashg'ulotlarda ishtirok etish rejasi yo'q edi. “Futbol Ekspress” gazetasi Janubiy Koreya va BAAda bo'lib o'tgan 2 oylik mehnatimizni yuqori baholagan holda bizga BAA chiptasini tuhfa etdi.
Bu erda murabbiy va futbolchilar bizni quchoq ochib kutib oldilar. Markaz ham yo'q demadi. Hayron qolyapsizmi, yillar davomida tanqid qilinadigan tashkilot sizlarni nega kutib oldi deb. Gap shundaki, agar tanqidingiz asosga ega bo'lsa, hech kim siz bilan sen-menga bormaydi. Murabbiy va futbolchilar o'z ishini qilganidek, biz ham o'z ishimiz bilan shug'ullanamiz. Agar oshirib yuborsak, unda uzr so'rashni ham bilishimiz kerak. Xullas ayni paytda hammasi joyida. Terma jamoa ichidagi muhit rosmanasiga alo darajada. Barcha bir-biri bilan inoq. Hazil-huzullar avjida. Denisov har qanday guruhni kuldira oladi. Sanjar esa “porodiya” qilishga usta. Mullajonov ham rosa hazilni yoqtiradigan futbolchilar toifasidan. CHetdan jiddiy ko'ringan Ignat “molodoy”lar bilan hazillashishni yaxshi ko'radi.



Toshkent – Dubay yo'nalishidagi parvozimizdan so'ng BAAga uchib keldik. Barcha hujjatli ishlar joy-joyiga qo'yildi, terma jamoamiz bilan “Movenpik” mehmonxonasiga joylashdik.  Tongda Vitaliy Denisovning o'zi mehmonxonaga etib keldi.



SHu kunning o'zidayoq kechki mashg'ulot o'tkazildi. “Al Vasl” stadioniga qarashli yashil maydon bizni kutib turgan edi. Odatga ko'ra Mirjalol Qosimov futbolchilarni davra hosil qilishga chaqirdi. Dastur bilan tanishtirgach, Pyotr Gizimchukni “Lokomotiv”ga o'tganligi bilan tabriklashdi. Bu o'tish hammadan ham Ignatiy Nesterov uchun foydadan holi bo'lmasa kerak deb o'ylayman. Endi u klubida ham terma jamoa murabbiyi  bilan ishlaydi, bu esa terma jamoamiz uchun o'ta muhim.



BAAga kelishimdan avval Alisher aka meni “Al SHabab” – “Al Ayn” o'yini bo'lib o'tishi haqida ogohlantirib, istasam akkreditaciyadan o'tishim mumkinligini aytgan edi. Tabiiyki, Aziz Haydarov ishtirokidagi BAA chempionatining muhim o'yini men uchun qiziq. Kerakli hujjatlarni to'ldirib BAA PRO ligasiga yubordim. Ikki kun o'tib Dubayga etib keldim hamki, Alisher aka menga BAA Pro ligasining rasmiy akkreditaciyasi va “jilet”ni berdilar. Juda tezkor va sifatli xizmat. Xuddi OCHLnikiga o'xshaydi.

Hozircha shular, ertagacha...

Nodirxo'ja Yuldashev.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика