So’nggi yangiliklar

18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  3 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  15 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5

Kundalik #3. Safimiz bittaga ko'paydi Yangiliklar

Kundalik #3. Safimiz bittaga ko'paydi

23 dekabrda kelishi kutilgan Aziz Haydarovga klub murabbiylari ertaroq ruxsat berishdi va u 4 kun avval terma jamoa ixtiyoriga etib keldi.
Yarim himoyachi O'zbekiston terma jamoasi bilan mashg'ulotlarni o'tkazib turib, "Al SHabab" - "Al Ayn" o'yiniga birrovga borib keladi. Mazkur o'yinda "Al SHabab"ga omad tilaymiz.

Mashg'ulotlar yana "Al Vasl" klubiga qarashli maydonda bo'lib o'tdi. Tonngisida to'p bilan ishlanmadi. Futbolchilarimiz mashg'ulotga ketishga tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda, rus va o'zbek tilida gaplashayotganimizni ko'rgan bir kishi, O'zbekistondan kelganimiz bilan qiziqdi. Keyin bilsam, u qozog'istonlik sayyoh ekan. Bu O'zbekistonning milliy terma jamoasi ekanligini bilgach, Mirjalol Qosimov bilan qiziqdi. O'zi "Taraz" muxlisi ekan, Farhod Tojievni eslay olmadi. Ammo Ulug'bek Baqoevni juda yaxshi tanishini aytdi. Uning aytishicha Baqoevni Qozog'iston chempionatida tutgan o'rni juda katta, uncha muncha legioner unga teng kelmagan va uzoq mavsum bir saviyada to'p tepmagan.



To'liq terma jamoa bilan birga bo'layotganligim bois, atrofga razm solishga vaqt yo'q. Avvalgi kundaliklar nima uchun voqealarga boy bo'lgandi, deyarli har kuni biron-bir tadbirda ishtirok etayotgan edik. 3 kundan boshlab futbolchilarimiz bilan intervyu qilishni boshlab yubordim. Ilk mehmon SHavkat Mullajonov bo'ldi. "SHava" Anzur Ismoilov bilan bir xonada turibdi. Anzur bilan "Paxtakor"da ikki yil birga ishlaganmiz. Zo'r bola, ancha bosiq. Intervyudan avval biroz hazillashdik, uerdan-buerdan gaplashdik.



Terma jamoaning kundalik rejasi shunday: Nonushta - Mashg'ulot - Tushlik - Uyqu uchun 2 soat - mashg'ulot - tungi taom va yana uyqu... Ko'chaga chiqishga vaqt yo'q, shunday ekan bazi birovlar, bular dam olib yuribdi deb asabga o'ynamasalar bo'lardi. Komentga qo'shib, o'zlari o'chib ketganlar so'nggi paytlarda ko'payib ketyapti. Biz uchun shu kerak deb o'ylaysizmi?



Qaysi futbolchini telefoniga qaramang, barchasida ko'k rangli fonga ko'zingiz tushadi. Nima ekan bu deb yaqinroq qarasangiz, "CA" bo'ladi.


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика