So’nggi yangiliklar

21:00Миллатлар лигаси. Тўртта ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  8 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  6 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  11 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  11 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  5 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  2 17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  2 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  1 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  2 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  2

Kun savoli: Kaltakni kimning boshida sindiramiz? Yangiliklar

Kun savoli: Kaltakni kimning boshida sindiramiz?

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Ovqatlanib o'tirib, televizordagi ko'rsatuvga ko'zim tushib qoldi. Xullas, Damas haydovchisi qorong'u yo'lda yo'lovchini urib ketgan va voqea joyidan qochgan.

Ko'rsatuv dahshatli. Orqa fondagi musiqalari etingizngi junjiktirib yuboradi. Haydovchi chiqdi chuqur afsus bilan. Keyin uning otasi bergan tarbiyasi haqida intervyu berdi, onasi ko'z yosh to'kdi. Agar yordam berishiga ishonganimda, ovqat eb bo'lgan kosamni televizorga qarab otgan bo'lardim, albatta. Nima uchun deysizmi? O'zbek jurnalistikasining ahvoli uchun.

Tushuntiraman. Damas haydovchisi kimnidir urib yuborgan, aybdor (Xudo ko'rsatmasin, bu hammamizning boshimizga tushib qolishi mumkin). Qochib ketgani ikki marta yomon ish (balki shokka tushib qolgandir, balki boshqa). Yaxshi niyatli odam birinchi galda jabrlanuvchiga yordam ko'rsatadi, u esa ko'rsatmagan, javob berishi shart! Biroq sizga savol: ota yoki onada nima ayb?

Damas haydovchisi yomon odam bo'lmasligi, risoladagidek o'g'il, oila boshi bo'lishi katta ehtimol. SHok vaziyatdan chiqib keta olmagan, olsin jazosini. Ammo nega oq sut bergan ona, borini o'g'lidan qizg'anmagan otaga teginasan, jurnalist? Birgina epizod uchun nega nuroniy odamlarni el oldida sharmanda qilasan? U fohishaxona ochmagan, xalq mulkini emagan. Baxtsiz xodisa ishtirokchisi bo'lgan.

Jurnalist tanganing ikkinchi tomonini ko'ra olganida o'sha Nazarbek dahasidan tunda yurish naqadar xavfli ekani, yoritish tizimlari ishlamasligi, poytaxt yo'llari shunday bo'lsa, viloyatlardagi ahvol qanday ekanini birinchi planga olib chiqardi, tushunyapsizmi? CHunki ertaga Neksiya haydovchisi, indinga Matiz haydovchisi piyodani urib ketishi mumkin. Ularning qarindoshlarini TVga olib chiqib baraka topmaymiz, masalaga echim magistralni yoritib qo'yish - tamom. Yoritilgan yo'lda aytaylik mashinani ichib haydasa, tezlikni meyoridan oshirsa, javobgarlik endi umuman boshqacha bo'ladi. Aytmoqchi bo'lganim, kimdir qotilga va kimdir marhumga aylanmasligi uchun kerakli choralar ko'rilgan bo'lardi. Qolgani yo'lni qanday kesib o'tish va mashinani qanday haydashga bog'liq.  

Men buni nega aytyapmanmi? SHunchaki bizda aybdorni topish oson, juda oson. Masalan, “Navbahor” - “Paxtakor” o'yinidan keyingi matbuot anjumanida ishkal chiqqan. Avval muxlislar janjal ko'targan, keyin “Paxtakor” matbuot kotibi aytishib qolgan va hokazo. SHu mavzu ko'tarilishi bilan xuddi Damas haydovchisi kabi “Navbahor” matbuot kotibi ham hammasiga aybdor qilindi va arizasi so'raldi. PFL rahbari shunday topshiriq bergan emish, ularga yaxshiroq ko'rinish uchun matbuot kotibini ishdan olish kerak - tamom.

Tanganing orqa tomoni ham bor. Matbuot kotibi anjumanni o'tkazishi kerakmi yoki eshik tagida turib jurnalistlardan muxlislarni ajratishi, xavfsizlikka javob berishi kerakmi? PFL xodimlarining maoshini ko'tarish uchun ularni Oliy Liga o'yinlariga bosh-qosh qilish boshlandi. Ularning vazifasi (hammasining ham emas) faqatgina o'yinga borib, mehmon bo'lib, eb-ichib qaytish bo'lmay, shunday tashkiliy ishlarni ham tekshirish bo'lganida, futboldagi shu yo'l allqachon yorishib qolgan bo'lardi. CHunki muxlislarning anjumanlarga tashrifi deyarli hamma stadionda bor. Muxlislardan insof so'ragan “Paxtakor” matbuot kotibining o'zi ham biladi, “Paxtakor”da ham bor bunday ish. PFL xodimi, IIB bilan ishlaydigan stadion xodimi va umuman qo'riqlash xizmatidagilar suvdan quruq chiqib, barcha ishga balogardon matbuot kotibining ishdan bo'shashi bizda bo'ladi.

Bizda shunday, “SHermat, bor o't o'rib kel... SHermat, bor qo'ylarni o'tlat... SHermat, bor, bolalar urishishyapti - ajrat...” SHermat bu O'zbekiston futbol klublaridagi matbuot kotiblari. Agar ularning o'rnida boshqa odam bo'lganida, mana shu qobiliyatidan allqachon “minister” bo'lib ketardi, o'sha SHermatning tabiri bilan aytganda. Bo'la olishmaydi, chunki futbol klublarining ham, PFLning ham o'z ministerlari bor. Ularga gard yuqmaydi.

Muallif :
Reyting: +103   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика