So’nggi yangiliklar

23:05ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Қатарни йирик ҳисобда мағлуб этиб, гуруҳда биринчи ўринга кўтарилиб олди  74 22:45Ла Лига президенти ФИФАдан Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатини бекор қилишни талаб қилди  2 21:56Бобир Абдихолиқов: "Халқимизни ғалаба билан табриклайман. Муҳим уч очкони қўлга киритдик"  22 21:38ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси КХДРни мағлубиятга учратди  12 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА 1:0  20 21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  41 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  583 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  4 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  6 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

Kudus – JCHdagi g'alaba dublini qayd etgan "Ayaks"ning ganalik abjir yigiti. U bilan yaqinroq tanishish vaqti keldi Yangiliklar

Kudus – JCHdagi g'alaba dublini qayd etgan "Ayaks"ning ganalik abjir yigiti. U bilan yaqinroq tanishish vaqti keldi

Gana va Janubiy Koreya Jahon chempionatida drama tashkil qilishdi.

34-daqiqada 2:0, 61-daqiqada 2:2, 68-daqiqada esa ganaliklar oldinga chiqib olishdi va g'alabaga erishishdi. Bosh qahramon – ikkita gol urgan Muhammad Kudus.



Agar bilmaydigan bo'lsangiz, "Ayaks"ning istiqbolli xavbeki bilan tanishamiz.


MYUning sobiq skauti akademiyasidan Evropaga ketdi. Va Daniya klubi orqali yo'l oldi


Kudus Gana poytaxti Akkrada tug'ilgan. Uning so'zlariga ko'ra, oilasi kambag'al ham, boy ham bo'lmagan. Asosiysi – terma jamoaning bo'lajak qahramoni hech qachon och qolmagan, u buning uchun ota-onasidan minnatdor. Biroq, uning oilasi haqida malumotlar ko'p emas.

"Onam men va oilamiz haqida qayg'urish uchun hayotini xavfga qo'ydi", – deydi Muhammad. Uning Akkrada ovqat sotishi malum.



Muhammad tezda tengdoshlari orasida ajraldi. U bilan bolalikda birga o'ynaganlar 11 yoshli Kudusning bir o'zi jamoani ortidan ergashtirganini eslashadi: masalan, bir o'yinda oltita gol urgan – bahs esa 6:6 hisobida tugagan.

Yigitchaning birinchi murabbiyi Joshua Avua buni tasdiqladi: "Uning ko'chada qanday o'ynayotganini ko'rganimda, birdan hammasini tushundim va uni mashg'ulotlarga taklif qildim. U birinchi kundanoq ajoyib harakat qildi. U bilan ko'rishganimizda atigi 10 yosh edi, ammo uning sifatlari ko'zga tashlanardi".


Muhammad bir necha yuz kilometrlik uzoqlikdagi Right to Dream akademiyasiga 12 yoshida so'ngra Evropaga yo'l olish uchun uyidan ketdi. Bunga sabab Gana akademiyasi asoschisi (va "Manchester Yunayted"ning sobiq skauti) Tom Vernon "Nordshelland"ni 2015 yilda xarid qilgani bo'ldi.

Endilikda Daniya klubi Right to Dream'ning eng yaxshi o'yinchilari yo'l oladigan tizimning eng yuqori qismi. "Yangi Lionel Messi yoki Useyn Boltning Afrikada paydo bo'lishiga yaxshi imkoniyat bor, ammo iqtidorni rivojlantirish uchun imkoniyat olishmaydi", – deb tushuntirdi Vernon.

Kudus eng yaxshilar qatoriga kirdi va 2018 yilda Daniyaga yo'l oldi.


Har kuni besh vaqt namoz o'qiydi, Daniyadagi barchani birdaniga hayron qoldirgan, disciplina esa maksimum darajada


Kudus – katta xausa xalqining vakili. Ularning umumiy soni 60 milliondan ortiq, ammo xausanlarning ko'pchiligi Nigeriya (37 million) va Niger (13 million)da yashaydi. Ular Ganada 300 ming atrofida, ko'plar aynan Muhammad yoshligini o'tkazgan poytaxtning musulmonlar yashaydigan qismiga ko'chishgan. U Evropaga yo'l olganidan so'ng islomga qatiy ravishda amal qiladi va besh vaqt namoz o'qiydi.

"U maydonda daniyaliklarning o'yin uslubini tez o'zlashtirdi, – deydi himoyachi Andreas Skovgaard. – Biz mashg'ulotlardan birdan uning qanday tezkor, kuchli va texnikali ekanligini ko'rdik. Murabbiylar ham. Ular uni qachon tarkibga kiritishni intizorlik bilan kutishdi".



Yosh Kudus "Nordshelland"da 57ta o'yinda 14ta gol va 3ta assist qayd etdi. "Ayaks" 20 yoshli yarim himoyachini ikki yildan so'ng to'qqiz million evro evaziga oldi.

Niderlandiyaliklar yigit bilan birdan besh yillik shartnoma imzolashdi, Daniya klubi sport direktori Yan Laursen esa uning o'ynab ketishiga shubha qilmadi: "Buni aytayotganim sababi, unda intizom bilan barchasi joyida. U hech qachon mashg'ulotlarni o'tkazib yubormagan va hech qachon kechikmagan".


CHLda juda yomon debyut qildi. Ammo, hozir u erda ham porlamoqda


Kudus "Ayaks"da Erik ten Xag qo'l ostida paydo bo'lgandi, u ganalikni aqlbovarqilmas imkoniyatga ega o'yinchi deb atagan.

Muhammad dastlabki uch o'yinda gol urdi va uchta assist qayd etdi, ammo oraga CHempionlar Ligasidagi debyut qo'shildi. Muhammad "Liverpul"ga qarshi o'yinga chiqdi, ammo olti daqiqadan so'ng uni o'zgartirishga to'g'ri keldi, bunga tizzasidagi jiddiy jarohat sabab bo'ldi. Bir necha muhim oylarni o'tkazib yubordi.

Kudus tezda "Ayaks"da ochilib ketmadi: jarohat va poziciya halaqit berdi – sababi Ten Xag uni maydon markaziga qo'ydi. Kudus hozirda amsterdamliklar safida 63ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 6ta assist qayd etgan, ammo katta qismini joriy mavsumda o'tkazgan.



Yangi murabbiy Alfred Sxroyder ganalikni hozirda "aldamchi to'qqizlik"da ishlatmoqda va uning samaradorligi shunda yuqoriroq. Kudus joriy mavsum "Ayaks"da allaqachon 10ta gol urdi, ulardan to'rttasi CHempionlar Ligasida. Evrokubokdagi ishlar chempionatdan yaxshiroq: CHL guruh bosqichidagi oltita o'yinda ikkita assist va uchta bahsning eng yaxshi o'yinchisi sovrini. Ammo, "Ayaks" guruhdagi juda kuchli raqiblar sabab bahorda faqatgina ELda o'ynaydi – ular guruhda "Napoli" va "Liverpul"ni oldinga o'tkazib yuborishdi.

Top-klublarning qiziqishi har qanday holatda ham kafolatlangan, o'sha liverpulliklarning ham: Kudus ikki yil oldin ularga qarshi o'yinda jarohat oldi, joriy mavsumda esa "Enfild"da gol urdi. Ganalikni Tiago Alkantaraga qarshi o'ynagani ham juda xursand qildi. Ispan "Bavariya"daligida yosh Muhammadga butun jamoadagilarning imzolari tushirilgan futbolkani sovg'a qilgan. Kudusga o'smirlar jamoasida birdan "Alkantara" deb laqab qo'yishdi, ispan o'sha paytdan beri uning bosh kumiriga aylandi.

Ularning jamoadoshlar bo'lish ehtimoli ham bor. "Liverpul"ning qiziqish haqidagi insaydlar ko'p, Klopp allaqachon ganalikni "aqlbovarqilmas o'yinchi" deb atadi. Bundan tashqari, Yurgen "Liverpul"ga gol uradigan futbolchilarni sevadi.



Jahon chempionatidagi dubl – yaxshi qo'shimga sabab.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика