So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Ювентус" аутсайдер майдонида ишончли ғалаба қайд этди  0 01:17"Астон Вилла" клуб рекордини такрорлади  1 00:54"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди  9 00:34Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ғалаба қозониб, 6-ўринга кўтарилди  0 00:23Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди  26 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  1 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  4 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  9 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  24

"Kuala-Lumpur Siti" bosh murabbiyi: "Bosim his qilmayapmiz. Aksincha, ertaga mezbon "So'g'diyona"da bosim bo'ladi" Yangiliklar

"Kuala-Lumpur Siti" bosh murabbiyi: "Bosim his qilmayapmiz. Aksincha, ertaga mezbon "So'g'diyona"da bosim bo'ladi"

OFK Kubogi Hududlararo finali doirasidagi "So'g'diyona" – "Kuala-Lumpur Siti" uchrashuvidan oldin mehmonlar ustozi Boyan Xodak va jamoa sardori Paulo Jozue ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Biz aslida katta klub emasmiz. Avvalo, guruh bosqichidan chiqishni maqsad qilgandik. Mana shu bosqichgacha etib kela oldik. Bosim his qilmayapmiz. Aksincha, mezbon jamoada bosim bo'ladi. Bu esa bizga qo'l kelishi mumkin", – deya gap boshladi xorvatiyalik mutaxassis.

"Ertangi o'yinda bizga juda qiyin bo'lishi aniq. Bu jamoa avval to'qnash kelgan jamoalarimizdan farq qiladi. SHunday bo'lsa-da, murabbiyimiz aytganidek, yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Ob-havo, maydon... Umuman har xil shunga o'xshash masalalarga qaramasdan, ijobiy natijani qo'lga kiritishga bel bog'laganmiz", – dedi braziliyalik futbolchi.

- Murabbiyga savol. "So'g'diyona"ni o'rganib chiqqaningiz tabiiy. Raqibning aynan qaysi jihatlarini kuchli deb hisoblaysiz va bunga shogirdlaringizni tayyorlay oldingizmi?

- Yaxshi savol bo'ldi. Avvalo, ikki liga o'rtasidagi farqni aytib o'tish lozim. O'zbekiston Superligasi Malayziyanikidan kuchliroq. Ammo hozirgi holatda "So'g'diyona" bilan teng kuchli raqibmiz deb o'ylayman. CHunki hammasini tahlil qilib chiqdik. "So'g'diyona" ham, biz ham turnir jadvalida o'rta pog'onalarda boryapmiz. O'yin uslublarimiz ham deyarli bir xil – bosim qilgan holda futbol o'ynash. Bazi bir o'yinchilarni ajratib ko'rsatadigan bo'lsam. Bular – SHohruz Norxonov, Jasur Hasanov va Marko Kolakovich. SHohruz hozir OFK Kubogi to'purarlaridan biri. Ertaga ularga qarshi albatta boshqacharoq tayyorgarlik ko'ramiz. Yana bitta narsani aytib o'tishim kerak. Ehtimol, ertaga chiroyli va mazmunli o'yin ko'rmasligimiz mumkin. Ikki jamoaning ham maqsadi – finalga yo'l olish.  

- Futbolchiga savol. Siz xuddi Jasur Hasanov singari to'purar bo'lib turibsiz. Ertangi o'yin siz uchun personal ahamiyatga egami?

- Yo'q. Kim gol urishini farqi yo'q. Asosiysi, jamoa g'alabasiz. Jamoada mendan tashqari ham yaxshi hujumkor futbolchilar bor. CHorak final va yarim final ham buni ko'rsatdi.

- Murabbiyga savol. Siz bungacha bu zona (hudud)da, yani Markaziy Osiyo jamoalariga qarshi o'ynamagansiz. Bu jamoaga qanday tasir qilishi mumkin?

- To'g'ri. Markaziy Osiyoga kelmaganmiz. SHu bois erga 3 kun oldin keldik. Sababi Malayziya bu erning havosi boshqacha. Malayziyada namli ob-havo, bu erda esa nisbatan sovuq ob-havo hukm suradi. Lekin sovuq bo'lsa ham, chidasa bo'ladigan darajada. Bir necha kun oldin kelganimiz bizga foyda beradi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика