So’nggi yangiliklar

01:17"Астон Вилла" клуб рекордини такрорлади  1 00:54"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди  8 00:34Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ғалаба қозониб, 6-ўринга кўтарилди  0 00:23Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди  26 00:11А Серия. "Пиза" - "Ювентус" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  1 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  4 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  9 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  22

"Kuala-Lumpur" haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

"Kuala-Lumpur" haqida nimalarni bilamiz?

Bugun Jizzaxda "So'g'diyona" klubi uchun muhim bahs bo'lib o'tadi.

Ulug'bek Baqoev jamoasi OFK Kubogi Hududlararo final bahsida Malayziyaning "Kuala-Lumpur Siti" klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o'yinda "So'g'diyona" g'alaba qozonsa, 22 oktyabr kuni Jizzaxda Ummonning "Al Sib" klubiga qarshi maydonga chiqish imkoniyatini yaratadi. 

Xo'sh, bugungi raqib borasida qanday malumotlarga egamiz? Quyida shu haqda so'z yuritamiz.

Qachon tashkil topgan?

"Kuala-Lumpur" 1947 yilda tashkil topgan. Malayziya Superligasi ishtirokchisi hisoblanadi. Jamoani "shahar yigitlari" deb chaqirishadi. Jamoa sovrinlarini ancha oldin qo'lga kiritgan. Aniqrog'i, 1986 va 1988 yillarda Malayziya Birinchi ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan. 2017 yilda esa Premer-ligada chempion sifatida Superligaga yo'llanma olgan. O'shanda klub safida hamyurtimiz Bobur Akbarov to'p tepgan. 

SHuningdek, jamoa Malayziya Kubogi, Associaciya kubogi va Superkubok kabi musobaqalarida zafar quchgan. O'tgan mavsumda chempionatda 6-o'rinni olgan. O'tgan mavsum Kubok finalida g'alaba qozonib, OFK Kubogida ishtirok etish huquqiga ega chiqqan.

Xalqaro maydondagi ishtiroki

Ushbu jamoa bundan avval ham xalqaro maydonda ishtirok etgan. Biroq natijalari ko'ngildagidek kechmagan. OFK Kubogida esa birinchi marotaba ishtirok etdi va finalga qadar etib kela oldi. Jamoa musobaqadagi yurishini "H" guruhida boshladi. "Makassar" (Indoneziya) va "Tampins Rovers" (Singapur) klublari bilan bir guruhdan joy egalladi. Dastlab "Makassar" bilan 0:0 hisobida durang qayd etgan bo'lsa, singapurliklar ustidan g'alaba qozondi – 2:1. SHu tariqa, jamoa keyingi bosqichga yo'llanma oldi. Undan keyingi bosqichdagi ilk bahsda "Vettel" (Venam) klubini penaltilar seriyasida engdi. Keyin yana "Makassar" bilan zonal finalida mag'lub etdi – 5:2. Bundan avvalgi bosqichda esa "ATK Mohun Bagan"ni 3:1 hisobida taslim qilgan holda Jizzaxga etib keldi. 

Legionerlari

"Kuala-Lumpur" klubi moliyaviy tomonlama juda baquvvat hisoblanadi. SHu bois rahbariyat xorijlik murabbiy va futbolchilarning xizmatiga tayanadi. Ayni vaqtda jamoani xorvatiyalik mutaxassis Boyan Xodak boshqaroqda. 

Xodak 2021 yilning yanvaridan buyon klub boshqaruvida va o'tgan yili mamlakat kubogini jamoasi bilan qo'lga kiritgan. 

Jamoa safida 5 ta legioner to'p tepadi. Legionerlar Fillipin, Kolumbiya, Avstraliya, Gana va Braziliya fuqarolari hisoblanadi. Aytaylik, jamoa sardori Paulo Jozue braziliyalik yarim himoyachi bo'lib, bir necha yillardan beri "Kuala-Lumpur" sharafini himoya qilib keladi. Aynan u jamoaning asosiy figurasi hisoblanadi. 

Tezkor Romel Morales ham hujum chizig'ida juda xavfli futbolchidir. Himoyada esa avstraliyalik tajribali ijrochi taklif qilingan. Darvozani esa fillipinlik Kevin Mendosa qo'riqlaydi.

Samandarbek tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика