So’nggi yangiliklar

12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  0 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  5 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  6 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  1 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  2

Kshishtof Pentek: "Bu gollar shunchaki boshlanishi" Yangiliklar

Kshishtof Pentek: "Bu gollar shunchaki boshlanishi"

"Milan"ning yangi hujumchisi Kshishtof Pentek "Napoli"ga qarshi muvaffaqiyatli uchrashuvni o'tkazgach bazi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men aynan shunday uchrashuvni kutgandim. Bu hali endi boshlanishi. Ikkala gol har xil, ammo ajoyib tarzda kiritildi. O'yindan avval men Borini va Laksalt bilan gaplashgandim. O'shanda men to'pni ko'proq jarima maydoni ichiga oshirishni so'ragandim. CHunki bunday uslubda o'ynash men uchun qulayroq. Ikkinchi golda Kulibali bilan to'qnashuvda biroz qiynaldim, lekin yakunda vaziyatni o'zim tomonga og'dirishga erishdim. Men urgan gollarimni emas, balki kelgusi bahs haqida bosh qotiryapman. "Roma"ga qarshi o'yin jiddiy bo'ladi. Umid qilamanki, bu galgi bellashuv bundanda yaxshiroq natija bilan tugaydi. Menga "San Siro"da o'ynash juda yoqdi. Bunday muhitda o'zimni juda erkin his qildim", - dedi Kshishtof Pentek.

Eslatib o'tamiz, Pentek yozda Polshadan Italiya A Seriyasiga ko'chib o'tgandi. "Jenoa"dagi yarim mavsumda ko'rsatgan o'yinlari va samaradorligi evaziga qishda "Milan" etiborini tortdi va "rossonerilar" azosiga aylandi.

Pentek kecha Italiya Kubogi doirasidagi "Napoli"ga qarshi bahsda polshalik hujumchi dubl qayd etdi.

Kshishtof Pentek haqida maqola

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика