So’nggi yangiliklar

21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  16 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  2 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  579 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  2 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  4 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   2 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  44 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  5 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0

Kruzning sabri chidamayapti Yangiliklar

Kruzning sabri chidamayapti

Avstraliya terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri Robbi Kruz jahon chempionati boshlanishini intiqlik bilan kutayotganini aytib o'tdi.

Malumki, ushbu futbolchi bazi sabablarga ko'ra avvalgi ikkita mundialni o'tkazib yuborgandi. Afrikada bo'lib o'tgan 2010 yilgi musobaqa paytida Kruz 21 yoshda edi va raqobat tufayli tarkibga kira olmagandi. JCH-2014da esa jarohati sabab ro'yxatdan qolib ketgandi.

Mana endi uning ham omadi keldi va jahon chempionatiga borishga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda. "Men bir nechta jarohatlarni hatlab o'tdim, - deydi terma jamoa safida 63ta o'yin o'tkazgan futbolchi. - To'g'risini aytsam, sabrim chidamayapti, mundial tezroq boshlansa bo'lardi".

Hozirda Germaniyaning "Boxum" klubida faoliyatini davom etttirayotgan 29 yoshli futbolchi yana shularni qo'shimcha qildi: "Menga yangi murabbiyimizning taktikasi yoqdi. Biz asosan qarshi hujumlar ustida ishlayapmiz, chunki jahon chempionatida hamisha hujumkor futbol namoyish etishning imkoni yo'q".

"CHexiya bilan o'rtoqlik uchrashuvida aynan qarshi hujumlardan samarali foydalanganimiz uchun 4:0 hisobida zafar quchdik. Menimcha, bu uslub jahon chempionatida ham qo'l keladi. Navbatdagi nazorat bahsini Vengriyaga qarshi o'tkazamiz. Bu biz uchun JCH oldidan so'nggi tayyorgarlik bo'ladi".

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика