Kruiff: “Barselona” qanday o'ynashini tushunmayapman”
14 iyu 2014 16:35
Yangiliklar

Kruiff: “Barselona” qanday o'ynashini tushunmayapman”
Afsonaviy gollandiyalik futbolchi, “Barselona”ning sobiq murabbiyi Yoxan Kruiffning fikricha, Luis Suaresning kataloniyaliklar safiga o'tishi kombinacion o'yinning yo'qolishiga olib keladi.
“Germaniya jahon Kubogini qo'lga kiritganidan xursandman. Ular “Barselona” borgan sari uzoqlashib ketayotgan futbolni namoish etishmoqda. Bu tuyg'u jamoaga Suares kelganidan so'ng yanada kuchaydi. To'g'ri u ajoyib futbolchi, ammo feli og'ir.
“Barselona”, tarkibida Messi, Neymar va Suares bo'la turib qanday futbol namoish etishini tushunmayman. Ularning barchasi individual harakat qiluvchi futbolchilardir. “Barselona” doimo jamoaviy o'yini bilan mashhur bo'lgan, hozir esa ular Gvardiola va Raykardning usulidan voz kechishyapti” – deydi Kruiff.

Fikrlar