Kroos Azar haqida: “Edenga achinmayman, chunki undan ham yomon hayot kechirayotganlar bor”
20 mar 2023 08:25
Yangiliklar
Kroos Azar haqida: “Edenga achinmayman, chunki undan ham yomon hayot kechirayotganlar bor”
“Real” xavbeki Toni Kroos madridliklar vingeri Eden Azarning joriy mavsum kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani va belgiyalikning faoliyatidagi pasayish haqida fikr bildirdi.
“Mehr-shafqat futbolda o'rinsiz. Fikrimcha, Edenning hayoti yomon emas. Undan yomonroq hayot kechirayotganlarga achinishingiz mumkin. Gap pulda emas, shunchaki futbolda hech kimga achinmayman.
Albatta, uzoq vaqt davomida vaziyat ko'ngildagidek emasdi. Biroq, oxir-oqibat, har bir kishi o'z holati uchun u yoki bu darajada javobgar hisoblanadi. SHuning uchun uchun bu erda achinish noo'rin. Edenni yaxshi bilaman, tez-tez gaplashib turamiz. Ammo juda yomon holga tushib qolganlarga achinaman, Eden esa ular qatorida emas”, deydi Kroos.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar