So’nggi yangiliklar

21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  3 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   1 20:24"Хайденхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  4 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  56 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  15 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2

Kristian Atsu vayronalar ostidan topildi – o'lik holda. Uning zilziladan 5 soat oldin Turkiyadan uchib ketishi kerak bo'lgani, ammo fikridan qaytgani aytilmoqda (mutolaa uchun) Yangiliklar

Kristian Atsu vayronalar ostidan topildi – o'lik holda. Uning zilziladan 5 soat oldin Turkiyadan uchib ketishi kerak bo'lgani, ammo fikridan qaytgani aytilmoqda (mutolaa uchun)

Turkiyadagi zilzilaning yana bir qurboni.

Turkiyadan qayg'uli xabar keldi: zilzila tufayli vayron bo'lgan uy vayronalari ostidan futbolchi Kristian Atsu topilgan, afsuski, o'lik holda. Bu haqda o'yinchining agenti Nana Sechere xabar qildi.



"Xatayspor" o'yinchisini 11 kun izlashdi. Bir necha bor Kristian topilgani va qutqarilgani haqida xabar kelib tushdi, ammo ular to'g'ri bo'lib chiqmadi. Atsuning agenti vayronalar ostidagi odamlarning qutqarilishi juda sekin ketayotganidan, resurslar va odamlar etmayotganidan, klub umuman yordam bermayotganidan nolidi.

"Xatayspor" allaqachon hamdardlik bildirdi:

"Vayronalar ostidan topilgan Kristianning tanasi o'zining Ganadagi ona shahriga yo'l olmoqda. Biz seni hech qachon unutmaymiz. Orom ol, ajoyib inson. Og'rig'imizni tasvirlash uchun so'zlar etmaydi", – deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Atsu yanvarda 31 yoshini nishonladi. U "Xatayspor"ga qadar "CHelsi", "Portu", "Everton", "Nyukasl", "Malaga", "Vitess" va "Bornmut" jamoalarida o'ynagan. Kristian Gana terma jamoasida 60ta o'yin o'tkazib, 10ta gol urishga erishgan.


Kristian Turkiyadan ketmoqchi edi, ammo zilzila oldidan g'alaba golini urgan kecha sabab fikridan qaytgan

Atsu Turkiyaga 2022 yilning kuzida keldi, bunga qadar Saudiya Arabistonida o'ynagan. Kristianga Turkiya ligasiga moslashish qiyinroq bo'ldi, u bu erdagi o'yinlar APLdagiga qaraganda zichroq ekanligini tan oldi. U fevralda chempionatda 30 daqiqadan kamroq o'ynadi.



SHu sabab Atsu klubini o'zgartirish haqida o'yladi. Bu haqda "Xatayspor" menejerlaridan biri turk radiosiga bergan intervyusida aytib o'tdi.

"Kristian Atsu murabbiy Volkan Demirelga "Gazientep"ga qarshi o'yin oldidan (2 fevralda o'ynashgan) ko'proq shaxsiy vaqt kerakligini aytdi. U jamoadan ketish mumkinmi yoki yo'qligini so'radi – murabbiy ijobiy javob qaytardi.

U "Gazientep"ga qarshi o'ynamadi, ammo 5 fevral kuni bo'lib o'tgan "Kasimpasha"ga qarshi o'yinda maydonga tushdi va so'nggi daqiqalarda jarimadan g'alaba golini kiritdi. U umuman olganda uchib ketmoqchi va oilasi bilan ko'rishmoqchi edi, hatto samolyotga chipta ham olgandi. Ammo, goldan so'ng uni bekor qildi.

Zilzila uning eng baxtli kunida sodir bo'ldi. U kechqurun 11da uchib ketishi kerak edi, silkinishlar esa keyingi kun ertalab 4da boshlandi. Dahshatli tragediya".

Kristian Atsuning hayotidagi so'nggi gol mana bunday ko'rinish oldi. Final hushtagidan so'ng sheriklari uni qurshab olishdi.




***


Turkiya va Suriyadagi zilzilalar XXI asrning eng kuchlilaridan biri bo'ldi. Hozirda zilzilalar natijasida halok bo'lganlar soni 45 ming kishidan oshgani, 120 mingdan ortiq inson turli og'irlikdagi jarohatlar olgani aytilmoqda.

Xatay – Turkiyada eng ko'p jabr chekkan provinciya. U erda 7 mingdan ortiq inson halok bo'lgani, yana 17 ming nafar odam jarohatlangani xabar qilingan.



Jarohatlanganlar orasida "Xatayspor" futbolchilari ham bo'ldi: vayronalar orasidan uch futbolchi va jamoa murabbiylar shtabidagi ikki insonni qutqarishdi. Klub sport direktori Taner Savut hali ham topilgani yo'q – uni 12 kundan beri izlashmoqda.

"Xatayspor" va "Gazientep" chempionatdan olinishdi. Jamoalar hozirgi holatda mavsumni oxiriga etkazib qo'ya olmasliklarini malum qilishdi. Ikki klub ham ligada qolish uchun kurashgandi, ammo Superliga ular uchun kelasi mavsumdan joy saqlab qo'yadi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика