So’nggi yangiliklar

00:51Пеп Гвардиола: "Биз ҳали энг юқори даражамизда эмасмиз"  0 00:05Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" Шомуродовнинг голи эвазига ғалаба қозонди  17 23:55Ямалнинг соғлиғида яна муаммолар бошланди  5 23:35Эрон. "Истиқлол" ишончли ғалаба қайд этди  0 23:18Верратти Доннарумма ҳақида: "У ҳафа бўлганди"  1 22:50Асрор Алиқулов: "Шўртан"да ким ишламасин ёки клубимизга ким алоқадор бўлмасин ҳамма ғалабани кутаётганди"  0 22:45Суперлига. "Шўртан" – ОКМК 4:3  0 22:28Миржалол Қосимов: "Агар имкониятим бўлганида футболчилар миясига кириб иккинчи таймга нима хаёлда чиқишганини билган бўлардим"  4 22:10Гвардиола Родри ва Холанднинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 21:53Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалаба қозонди  0 21:31"Шўртан" 4 ой деганда ғалабага эришди  2 21:13Нидерландиялик мутахассис "Бунёдкор" футбол академиясига ташриф буюрди  1 20:51БАА. "Бани Яс" дуранг қайд этди, Шукуровдан ассист  2 20:29Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди  44 19:59"Реал" Хаби Алонсо хоҳишига биноан "Энфилд"да жамоавий машғулот ўтказмайди  20

"Kristal Pelas" yulduzi Kot d’Ivuarda futbol klubini sotib oldi Yangiliklar

"Kristal Pelas" yulduzi Kot d’Ivuarda futbol klubini sotib oldi

Akasining malum qilishicha, Uilfrid Zaaning maqsadi egalik qiladigan yangi klubini o'zi tug'ilgan mamlakatining etakchi jamoalaridan biriga aylantirishdir.

29 yoshli futbolchi mamlakatning Uchinchi ligasida kurash olib boradigan "Espuar klub d’Abenguru"ning egalaridan biri bo'lganidan juda mamnun. U bilan birga, klub boshqaruvida uning fondini boshqaradigan ukasi Karin ham ish olib boradi. Kot d’Ivuar terma jamoasi uchun o'ynaydigan Zaa davlat poytaxti Abidjanda tug'ilgan va 4 yoshida Londonga ko'chib o'tgan.

"Bizda U-19 akademiyasi ham bor. Ushbu mavsumda ligada ham o'ynaymiz. Maqsadimiz yuqoriga ko'tarilish, lekin birinchi navbatda, yoshlarning yaxshi formada bo'lishi va tajriba orttirishidir”, – dedi futbolchining akasi.

Zaa "Arsenal" sobiq vingeri Jervino va "Bornmut" sobiq azosi Maks Gradeldan so'ng Ivuarda o'z klubini sotib olgan futbolchiga aylandi, shuningdek, "Barselona" yarim himoyachisi Frank Kesse esa ushbu mamlakatda mashg'ulotlar markaziga ega.

"Pelas" muxlislari sevimli o'yinchilaridan biri bo'lgan Zaa terma jamoasi bilan birga Qatardagi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. Ayni paytda u hamyurtlari bilan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda. Kot-d'Ivuar shanba kuni Togo ustidan 2:1 hisobida ustun kelganidan keyin seshanba kuni Gvineya termasiga qarshi maydonga tushadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика