Krishtianu Ronalduning o'g'li Portugaliya terma jamoasida 7-raqam ostida debyut qildi
15 may 2025 12:54
Yangiliklar
Krishtianu Ronalduning o'g'li Portugaliya terma jamoasida 7-raqam ostida debyut qildi
14 yoshli futbolchi Sveti Martin na Muri shahrida Vlatko Markovich xotirasiga bag'ishlangan turnirda Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'yinda debyut qildi. Ronalduning o'g'li 54-daqiqada maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi. Uchrashuv Portugaliyaning 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
"Portugaliya terma jamoasidagi debyuting bilan tabriklayman, o'g'lim. Men sen bilan juda faxrlanaman!", – deb yozdi Ronaldu Instagram sahifasida.
Uchrashuvga Ronalduning onasi ham tashrif buyurib, nabirasini qo'llab-quvvatlagan va uni debyuti bilan tabriklagan.
Portugaliyaliklar kecha Greciya bilan durang (1:1) o'ynagan bo'lsa, ertaga Angliya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Kichik Krishtianu Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi futbol akademiyasida tahsil oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar