Krishtianu Ronalduga "arabcha futbol" yoqmadi
10 apr 2023 14:36
Yangiliklar
Krishtianu Ronalduga "arabcha futbol" yoqmadi
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati uchrashuvi vaqtida "Al Feyxa" klubi futbolchilari bilan tortishib qoldi.
Portugaliyalikning fikriga ko'ra, raqib futbolchilari mag'lub bo'lmaslik uchun atayin o'yin vaqtini cho'zishgan. Bundan norozi Ronaldu ularga qarata:
"Sizlar futbol o'ynamoqchi emassizlar!", - degan.
Krishtianuning aksariyat jamoadoshlari esa o'yin oxirida raqib bilan ancha xotirjam ruhda suhbatlashishgan.
Eslatib o'tamiz, "Al Nassr" chempionlik uchun kurashmoqda va ayni damda jamoa 2-o'rinda ketmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar