So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  7 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

Krishtianu Ronaldu meros hujjatlariga o'zgartirish kiritdi Yangiliklar

Krishtianu Ronaldu meros hujjatlariga o'zgartirish kiritdi

"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hayotning barcha jihatlariga etibor beradi, xatto eng yoqimsizlariga ham.

O'tgan payshanbada Krishtianu o'z advokatlari bilan uchrashib, so'nggi ikki yilda ilk marotaba meros hujjatiga o'zgartirishlar kiritdi.


Ronaldu meros hujjatiga sevgan ayoli Jorjina Rodriges, (Jorjina dunyoga keltirgan) qizi Alana Martinu va jiyanlarini qo'shib qo'ydi. Malumotlarga ko'ra, futbolchining ayni damdagi boyligi 300 mln. evroni tashkil qiladi.

Avvalgi meros hujjati 2017 yilda yozilgan, o'sha paytda Krishtianu va Jorjina uchrashishni boshlagan, ammo qizaloq dunyoga kelmagan edi. Ikki yil o'tib Ronaldu hujjatlarga o'zgartirish kerak deb hisobladi.


Hujjat bo'yicha, asosiy merosxo'r - futbolchining onasi Doloresh Aveyru hisoblanadi. Agar merosxo'rlarning birortasi pul sarflashni istasa, buni Doloreshdan so'rab amalga oshiradi.

Bu Jorjina uchun yomon yangilik. Malumotlarga ko'ra, Ronalduning onasiga uning kelini yoqmas ekan.


Sabablar ikkita: 1) Ronaldu Jorjinadan 9 yoshga katta; 2) Model portugal tilini o'rganishga shoshilmayapti. Doloreshga Jorjinaning ochiq kiyimdagi fotosessiyalari ham yoqmasa kerak.

Rodrigesning o'zi bunga munosabat bildirmay, o'zini ideal onadek tutmoqda. U Ronalduga qiz tug'ib berdi, surrogat onadan dunyoga kelgan yana uch farzandni tarbiyalayapti, uydan ishlab, oilaga katta vaqt ajratmoqda.


Bundan tashqari, ispan nashrlari bu oilaning yana ikkita voqeasi haqida yozishdi. Jorjina o'tgan haftada ijtimoiy tarmoqqa qo'ygan suratida Ronalduni "erim" deb atadi - bu juftlik yashirincha nikohdan o'tgan bo'lishi mumkin. SHu bilan birga Jina qornini yashirishga urinmoqda, tez orada Krishtianuning beshinchi farzandi dunyoga kelishi mumkin.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика