Krishtianu Ronaldu 2023 yildagi 50-goli haqida fikr bildirdi
12 dek 2023 09:33
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu 2023 yildagi 50-goli haqida fikr bildirdi
“Al Nassr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning Qirol kubogi yarim finaliga chiqqani va 2023-yilda 50-golini urgani haqida fikr bildirdi.
“Ajoyib g'alaba va men 2023 yildagi 50-golimni urganimni elon qilishdan juda xursandman, buning barchasi jamoadoshlarim, muxlislarim va oilamning so'nmas qo'llab-quvvatlashi tufayli! Bu yil hali bir nechta gollar uchun joy bor”, - deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmog'ida.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu “Al Nassr”da 2023 yilning yanvaridan buyon to'p surmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda Ronaldu “Al Nassr” safida barcha turnirlarda 22 ta o'yin o'tkazib, 20 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar