So’nggi yangiliklar

03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  33 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  5 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2

Krestinin BAAga qarshi uchrashuv oldidan sirni ochdi (matbuot anjumani) Yangiliklar

Krestinin BAAga qarshi uchrashuv oldidan sirni ochdi (matbuot anjumani)

Teglar :  Aleksandr Krestinin
Osiyo Kubogi nimchorak final doirasidagi BAA - Qirg'iziston uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Qirg'iziston ustozi Aleksandr Krestinin o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalo BAA terma jamoasini nimchorak finalga chiqqani bilan tabriklayman. SHuningdek, yana bir bor Qirg'iziston xalqini ushbu bosqichga yo'l olganimiz bilan muborakbod etaman. Buyog'iga bitta xato qimmatga tushadigan muhim palla boshlanmoqda. Qiziqarli qarama-qarshiliklar, masuliyati yuqori bo'lgan to'qnashuvlarni kuzatamiz. Bu kabi o'yinlarda ishtirok etayotganimizdan xursandmiz. Ertangi bahs qiziqarliligi jihatidan barchani o'ziga rom etadi.

Biz uchrashuvga BAAga nisbatan biroz boshqacha yondoshamiz. Muhimi, biz himoya va hujum o'rtasidagi muvozanatni topishimiz lozim. Pley-offda bu juda muhim ahamiyat kasb etadi. Jangovor o'yinsiz natijani o'ylashdan naf yo'q", - deya gap boshladi Aleksandr Krestinin.

- BAA ustozi Zakkeronini qayd etishicha, Qirg'iziston Rossiya terma jamoasi uslubiga monand o'ynamoqda. Bu fikrga qanday qaraysiz?
- Rossiya futboli uslubi qanday ekanligini bilish o'zimga ham qiziq aslida. Masalan men qaysidir uslubdan foydalanaman deb o'ylamayman. Biz natija olib keladigan agressiv futbol namoyish etishni istaymiz. Albatta jangovor hujum va mustahkam himoya orqali bu yo'lni topishga intilib kelyapmiz. Raqib esa bizni o'yin uslubimizni va Lyuksni qanday harakat qilishini o'rganishi tabiiy jarayon. Biz ham raqibni o'rganamiz, tahlil qilamiz va hokazo. Ertaga musobaqa mezboniga qarshi o'ynaymiz. Lekin bu hech narsani anglatmaydi. To'g'ri, so'nggi bor qita chempionatini mezbon sanalgan Avstraliya yutgan. Lekin qolgan yirik musobaqalarga ham etibor beraylikchi, JCH yoki Evropa chempionati masalan. Hech  qaerda musobaqani mezbonlar yutadi degan kafolat yo'q.


- "Mezbonlarga ustunlik beradigan jihati shuki, ertaga ularni qo'llab-quvvatlaydigan muxlislar ko'p bo'ladi. Lekin bizni ham qo'llab-quvvatlashga kelayotgan muxlislar oz emas. Bizga esa o'sha ishqibozlarni ishonchi va madadi juda muhim. Biz o'zimizga ishonamiz. Ertaga buni amalda ko'rsatamiz.

Vitaliy Lyuks? Hujumchining to'g'ridan-to'g'ri vazifasi gol urish. Bazan shunday o'yinlar bo'ladiki, gol urishda omad kelmaydi. Bazida esa tepgan to'ping darvoza to'riga borib joylashaveradi. Bu juda yaxshi. Xitoyga qarshi uchrashuvda ham Lyuks barcha masalani bizning foydamizga hal etishi mumkin edi. Ammo o'shanda o'xshamagandi. Har kun har xil o'tadi. Umid qilamanki, ertaga ham Lyuks uchun omadli kun bo'ladi. Xuddi butun Qirg'iziston terma jamoasi kabi.

Bosim va masuliyat? Biz musobaqa avvalida aytgan dastlabki vazifamni uddaladik. Endi esa oldimizda boshqa maqsad va vazifalarni belgilaymiz. Hammasiga qadam va qadam etishmoqchimiz. Biz ham chorak finalga yo'l olishni istaymiz. Buning uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni ishga solamiz. Musobaqa oldidadn turnirga juda katta tayyorgarlik ko'rdik. Hozirda futbolchilar o'zlarining optimal sport formasida. Murabbiylar shtabi esa ularning bu formasidan to'liq ravishda unumli foydalanishimiz lozim. Bunday imkoniyatni qo'ldan boy berish yaramaydi. Hammasiga real ko'z bilan boqyapmiz. qo'limizdan keladigan ish haqida so'z yurityapmiz.

Boshqa jamoalardan tushayotgan takliflar? Yirik musobaqalarda qachonki murabbiylar shtabi to'g'ri yo'nalish orqali ishlayotgan bo'lishsagina natijaga erishiladi. Bunda esa asosiy ko'makchi vazifasini futbolchilar bajarishadi. Birgalikda esa natija keltirish mumkin. Hozir taklif va qiziqishlar haqidagi gaplarni bir chetga surib qo'yaylik. Osiyo Kubogidan keyin bu haqida gaplashishga ulguramiz. Hozir esa bu mavzuning mavridi emas.

Qirg'iziston mamlakatida nimalar ruy berayotganini, xalq qanchalik quvonayotganini barchamiz bilib, buni tushunib turibmiz. Biz hammamiz birgalikda katta kuch bo'la olishimizni futbol ham ko'rsatdi. Biz baxtlimiz.

Ertaga Zakkeronidek mashhur murabbiy qo'l ostidagi terma jamoaga qarshi o'ynashimizni to'g'ri tushunib turibmiz. Musobaqa mezboni, kuchli terma jamoaga qarshi o'ynashimiz bizga yanada ko'shimcha kuch bag'ishlamoqda.

Filippinga qarshi uchrashuvdan keyin mamlakat prezidentidan qo'ng'iroq bo'lmadi. Lekin xat orqali prezident tabrigi keldi. Sizlarga kichik sirni ochaman, bugun ham telefon orqali suhbatlashamiz", - deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi Aleksandr Krestinin.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика