So’nggi yangiliklar

22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  0 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  1 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  20 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0

Koutinoning "Liverpul" muxlislariga xayrlashuv xati Yangiliklar

Koutinoning "Liverpul" muxlislariga xayrlashuv xati

"Barselona"ning yangi o'yinchisi Filippe Koutino o'zining instagram sahifasida "Liverpul" muxlislari bilan xayrlashdi.

"Liverpulga ko'chib o'tganimizdan beri men va oilam o'zimizni juda qulay his qildik, ko'plab yangi do'stlar orttirdik. Biz klub va muxlislarimizning buyukligini maydonda va undan tashqarida his etdik. Umid qilamanki, men "Liverpul" muxlislarida yoqimli xotiralar qoldirdim.

Men "Liverpul"ni tark etdim, chunki "Barselona" - mening orzuyim.

"Liverpul" ajoyib tarixga ega buyuk klub ekanligini bilardim. Ammo, o'zim uchun kashf etgan asosiy jihat bu erning o'ziga hos qalbi va ruhidir. Bu erning o'ziga hosligi va xarakteri bor.

Men "Liverpul"ni tark etdim, chunki "Barselona" - mening orzuyim. "Liverpul" men amalga oshirib ulgurgan orzu edi. Men klubga hayotimning 5 yilini berdim.


Umid qilamanki, muxlislar mening qarorimni qabul qiladilar. Yangi narsalarni sinab ko'rishga qaror qildim. Yurgen Klopp va butun jamoaga faqat xursandchilik va omad tilayman. Bu ajoyib jamoa, ular har kuni yanada yaxshiroq bo'lib borishmoqda.

"Liverpul"ning eng muhim bo'lagi - uning muxlislari. Sizning qo'llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorchiligimni bildirishga ojizman. Qaerda bo'lsam ham, "Liverpul" yuragimda bo'ladi. You’ll Never Walk Alone", - deb yozdi Koutino.

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика