Koutino: "Barselona" MYUni CHempionlar ligasidan chiqarib yuborsa, ikki baravar xursand bo'laman"
08 apr 2019 14:38
Yangiliklar
Koutino: "Barselona" MYUni CHempionlar ligasidan chiqarib yuborsa, ikki baravar xursand bo'laman"
"Old Trafford"da mahalliy muxlislar menga va Luis Suaresga xushtak chalishsa bundan hayron bo'lmayman, chunki biz MYUning ashaddiy raqibi "Liverpul"da to'p tepganmiz. Bundan tashqari, bu yaxshiroq o'ynash istagini oshiradi. "Liverpul" safida to'p tepganimda, MYUga qarshi bahslar o'zgacha ahamiyatga ega ekanligini tushunganman. Bu doimo xotiramda qoladi, agar "Barselona" "Yunayted"ni CHempionlar ligasidan chiqarib yuborsa, ikki baravar xursand bo'laman.
"Liverpul" muxlislari ushbu bahsda bizni qo'llab-quvvatlashadi. Ammo ular keyin "Enfild"da uchrashishimizni yaxshi bilishadi. U erda ham zafar quchishni xohlayman. Yana Liverpulda o'ynash - orzu. Ammo to'g'risini aytsam, ular bilan finalda o'ynashni istagan bo'lardim" - deydi Koutino.
"Manchester Yunayted" hamda "Barselona" o'rtasidagi ilk o'yin 10 aprel kuni "Old Trafford"da bo'lib o'tadi. Javob o'yini 16 aprelda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar