Kosta-Rika bosh murabbiyi Braziliyaga qarshi o'yinda qanday usul qo'llashini aytdi
21 iyu 2018 21:11
Yangiliklar
Kosta-Rika bosh murabbiyi Braziliyaga qarshi o'yinda qanday usul qo'llashini aytdi
Kosta-Rika bosh murabbiyi Oskar Ramires Braziliyaga qarshi uchrashuvdan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Har doimgidek o'yin namoyish qilamiz. Braziliya bosh murabbiyi o'z termasida tartibni o'rnatgan, balansga solgan, tarkibdagi barcha futbolchilar hujumda o'ynash qobiliyatiga ega. Braziliyaliklarga taktik futbol juda ham yoqadi. O'yinning boshida himoyalanamiz, keyinchalik vaziyatga qaraymiz.
Yutishni istayman albatta. Biz ham yaxshi balansga ega bo'lgan o'yinni namoyish qilish niyatimiz bor, vaziyatlardan foydalanishga harakat qilamiz. Menga hujumkor o'yin yoqadi. SHu boisdan ertaga asosan maydon markazini o'z qo'limizga olishga intilamiz", - dedi murabbiy.
Fikrlar