So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  21 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Kosonsoylik muxlislar "Xotira-79" stadionidan ranjib qaytishdi Yangiliklar

Kosonsoylik muxlislar "Xotira-79" stadionidan ranjib qaytishdi

Xabaringiz bo'lsa kerak, kecha O'zbekiston Kubogining saralash bahslari o'tkazildi.
Unda Namangan viloyatining ikki vakili Uychining "Xotira-79" jamoasi Kosonsoyning "Kosonsoy" klubini qabul qildi. Vodiyda qo'shnilarning har galgi to'qnashuvi muxlislarda ham katta qiziqish uyg'otib kelgan. Malum bo'lishicha 2:0 hisobida "Xotira-79" g'alaba qozongan o'yinga Kosonsoydan ham bir qator ashaddiy ishqibozlar Uychi tumaniga borishgan. Bugun shu ishqibozlardan biri biz bilan bog'lanib, "Paxtakor" stadionidagi mehmonlar uchun ajratilgan joydan futbol ko'rib qattiq ranjishganini takidladi. O'zini Hamidullo deb tanishtirgan muxlisning aytishicha mazkur o'yinga Kosonsoydan 500 nafarga yaqin ishqiboz tashrif buyurgan. Ahamiyatlisi ularning har biri 3000 so'mdan chipta sotib olib stadionga kirishgan.

- Ishonasizmi, mehmonlarga ajratilgan joyda o'tirgani hattoki o'rindiq yo'q. Tik turgan holda, panjara va terak daraxtlari ortidan futbol ko'rishga majbur bo'ldik, - deydi kosonsoylik futbol muxlisi Hamidullo.

Etiborlisi bu ishqiboz bizga fakt sifatida ramslarini ham jo'natdi.

Darhaqiqat, shaxsan o'zimiz ham o'tgan yili aynan Uychidagi stadionga borganimizda kosonsoylik muxlis aytganidek mehmonlarga ajratilgan joy yaxshi emasdi. Umid qilamizki mazkur "Paxtakor" stadioni mamuriyati va "Xotira-79" jamoasi mutasaddilari bu loqaydlikka keyingi turlarda chek qo'yadi.

Umuman aytganda, ushbu maqolamiz bilan "Xotira-79"ni tanqid qilmoqchi emasmiz. Faqat ularga yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarini bartaraf etishga turtki berishni lozim topdik. Tanqidni to'g'ri qabul qiladigan har qanday inson kamchiligini bartaraf eta olsa o'sishga erishishi aniq. Istardikka ushbu maqolani o'qigan boshqa klub vakillari ham stadionga kelayotgan ashaddiy ishqibozlar uchun kerakli sharoitlarni yaratib berishadi. Zero futbol aslida ham muxlislar uchun. SHunday emasmi?! 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика