So’nggi yangiliklar

19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  1 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  0 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   1 18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  0 17:44"Реал" собиқ футболчиси Туркия клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 17:15"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаев учун ЦСКАга пул ўтказолмаяпти  13 16:52"Бухоро" "Хоразм" билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35"Динамо" футболчилари микст-зона орқали ҳаракатланмади, "Навбаҳор" стадиони ходими захира ўриндиғи ёнига туриб олди, "Қўқон-1912" "Бобур Арена"га киришда муаммога дуч келди — Лига комиссарлари билдиргиси  4 16:18Гринвуд "Ал Насср"га қўшилиши мумкин  3 15:55"Нефтчи" посбони, 1:0 ҳисобида ютган мураббий, дублга эришган ҳужумчи — Суперлигада 18-турнинг энг яхшилари   3 15:41Элдор Шомуродов "Викинг"га қарши баҳсдан сўнг нималар деди?  6 15:13Суперлига 18-тур рамзий терма жамоаси  6 14:46"Манчестер Сити" Родриго борасида "Реал" билан музокараларни бошлади  2 14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  14

Kosmin Olario: "Raqibning o'yiniga ham etibor qilishimiz kerak" Yangiliklar

Kosmin Olario: "Raqibning o'yiniga ham etibor qilishimiz kerak"

Teglar :  Kosmin Olario
"Lokomotiv" - "Al Ahli" o'rtasidagi Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvidan oldin mehmonlar ustozi Kosmin Olario va futbolchi Maketi Diop bilan matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.

"Juda qiyin o'yin bo'lishi kutilmoqda. "Lokomotiv" ilk turda mag'lub bo'ldi, lekin ularni kuchli ekanligini bilamiz. Bu jamoa o'z uyida boshqacha o'ynaydi va ertaga qiyin bahs bo'lishini kutayapmiz. 

Uydagi o'yin va safardagi bahs doim farqli bo'ladi. Biz g'alaba uchun maydonga tushamiz", - deydi Makete Diop.


- "Al Ahli" bunga qadar O'zbekiston klublaridan "Nasaf" bilan o'ynagan. Bu ertangi bahsda sizlarga yordam beradimi?  

- Albatta, tajriba doim yordam beradi. O'sha bahslarni yaxshi eslayman. "Nasaf" klubiga qarshi o'yinlar og'ir o'tgan.


- Ertaga g'alaba uchun harakat qilishingiz aniq. Qanday uslubda o'ynamoqchisiz? Qarshi hujumdami yoki keskin hujumdami? 

- Biz yutishni istaymiz. Ammo raqibning o'yiniga ham etibor qilishimiz kerak. Biz ko'p narsani xohlashimiz mumkin, ammo doim ham xohlaganimiz bo'lmaydi. 

- 2015 yil "Al Ahli" finalga chiqqan. Bu yil finalga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz? 

- To'g'risini aytsam 2 yil oldin finalga chiqish vazifasi qo'yilmagan. Avvalo guruhdan chiqib olish maqsadimiz.Keyin esa qadamma-qadam harakat qilaveramiz. 

- "Lokomotiv"ni o'rganib chiqqan bo'lsangiz raqib safidagi eng xavfli futbolchi kim? 

Makete Diop: - Raqibni o'rganib chiqqanmiz. Ammo hech bir futbolchini alohida ko'rsatib o'ta olmayman. Nima bo'lganida ham biz g'alaba uchun maydonga tushamiz. 

- "Lokomotiv" stadioni maydoniga etirozlar yo'qmi? 

- Men hali maydonni ko'rganim yo'q. Uni ko'rganimdan so'ng fikrimni aytishim mumkin. Ammo buning katta ahamiyati yo'q. Ikkala jamoa shu maydonda o'ynaydi. O'yinda tezroq maydonga moslashishga urinamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика