So’nggi yangiliklar

20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  10 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  5 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  16 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  2 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasidan sog'ayganlar soni 225 nafarga etdi Yangiliklar

Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasidan sog'ayganlar soni 225 nafarga etdi

Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

Bugun Buxoro viloyati ixtisoslashgan tibbiyot muassasasidan 10 nafar koronavirus infekciyasiga chalingan bemor butkul sog'aydi va reabilitaciyaga kuzatildi.

Sog'ayganlarning 9 nafari erkak, 1 nafari ayol. Ularning 3 nafari Samarqand viloyatidan, 2 nafari Qashqadaryo viloyatidan, Toshkent shahri, Navoiy, Surxondaryo, Jizzax va Andijon viloyatlaridan esa 1 nafardan.

Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 55 yoshda bo'lsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda.

Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infekciyasiga chalingan navbatdagi 10 nafar bemor butkul sog'aydi.

Tuzalganlarning 6 nafari poytaxtdan, 3 nafari Toshkent viloyatidan va 1 nafari Qashqadaryo viloyatidan.

Bemorlarning 6 nafari erkak, 4 nafari ayollar. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo'lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko'p tarmoqli klinikasidan ilk bor koronavirus infekciyasiga chalingan 11 bemor butkul sog'aydi.

Bemorlardan 7 nafari erkak, 4 nafari ayol. Ulardan 4 nafari poytaxtimizdan, yana 4 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Farg'ona va 1 nafari Andijon viloyatidan. Eng yoshi kattasi 51 yoshda bo'lsa, eng yoshi kichigi 23 yoshda.

Hozirga qadar yurtimiz bo'ylab koronavirus infekciyasidan jami 225 nafar bemor to'liq sog'aydi.



#uydaqoling

#vahimasizkarantin

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика