So’nggi yangiliklar

20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  10 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  6 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  20 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasi bilan kasallanganlar soni 1582 nafar, sog'ayganlar esa 261 nafarga etdi Yangiliklar

Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirus infekciyasi bilan kasallanganlar soni 1582 nafar, sog'ayganlar esa 261 nafarga etdi

Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

2020 yil 20 aprel soat 14:30 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infekciyasi qayd etilganlar soni 1582 nafarni tashkil qilmoqda.

Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga chalingan yana 2 nafar bemor butunlay sog'ayib, reabilitaciyaga kuzatildi.

Tuzalganlardan biri, 39 yoshli ayol Xo'jaobod tumanidan bo'lsa, ikkinchisi 51 yoshli ayol Andijon shahridan. Har ikki bemor ham koronavirus infekciyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lib, kasallikni yutirib olishgan.

Buxoroda 11 nafar bemor butunlay sog'aydi
SHifo topganlarning barchasi joriy yil 25 mart kuni charter reys bilan Rossiyadan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan.

Ulardan 10 nafari erkak, 1 nafari ayol. Bemorlarning 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Farg'ona viloyatidan, Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo'lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infekciyasiga chalingan navbatdagi 2 nafar bemor butkul sog'ayib, reabilitaciyaga kuzatildi.

Sog'ayganlardan biri 19 yoshli qiz Toshkent shahridan bo'lib, koronavirus infekciyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Ikkinchi bemor esa Rossiyadan charter reys orqali Toshkentga olib kelingan va karantinga olingan edi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko'p tarmoqli klinikasidan koronavirus infekciyasiga chalingan 21 nafar bemor sog'ayib, reabilitaciyaga kuzatildi.

Sog'ayganlarning 13 nafari charter reys orqali Turkiyadan Toshkentga kelishgan bo'lib, “Botanika” sanatoriysi hamda O'rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan edi.

Qolgan 8 nafari esa koronavirus infekciyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlardan 5 nafari erkak, 16 nafari ayollardir. Ulardan 13 nafari poytaxtimizdan, 6 nafari Toshkent viloyatidan, Farg'ona va Navoiy viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo'lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda.

O'zbekistonda koronavirusdan to'liq tuzalganlar soni — 261 nafarga etdi.



#uydaqoling

#vahimasizkarantin

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика