So’nggi yangiliklar

23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 23:10Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" (матнли трансляция) 0:1  32 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  4 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  16 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8

Koreyaliklar raqibni chalg'itish uchun raqamlarni almashtirishdi Yangiliklar

Koreyaliklar raqibni chalg'itish uchun raqamlarni almashtirishdi

Teglar :  JCH-2018Sin Txe Yon
Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Sin Txe Yon turnir boshlanishidan avval raqibning uning jamoasiga berayotgan etiboridan havotirlandi.

Taktika va futbolchilar joyini sir saqlash uchun murabbiylar shtabi ayyorlikka qo'l urdi.

Koreyalik futbolchilar ochiq mashg'ulotda raqamsiz qora liboslarda shug'ullanishdi.

Sin Txe Yonning fikricha, ayg'oqchilar uning g'oyalarini bila olishmaydi - ular janubiy koreyalik futbolchilarni ajrata olishmaydi.

"Jamoamiz xotirjam. Agar o'ylaganimizni amalga oshira olsak, natijaga erishamiz!

Barcha murabbiylar raqib ularning jamoasini kuzatayotgani haqida o'ylasa kerak.

Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchilarining libosida to'rt xil raqam. Bu shvedlarni chalg'itish uchun. Atayin formadagi raqamlarni almashtirdik - evropaliklar koreyalik o'yinchilarni ajratishi qiyin. Bundan foydalanishga urindik.

Ertaga SHveciya safida kim maydonga tushishini bilamiz. SHveciya esa Koreya tarkibida kimlar o'ynashidan bexabar".

Janubiy koreyaliklarning havotiri bekor emas ekan. SHveciya terma jamoasi bosh murabbiyi assistentlaridan biri Lasse Yakobsson Osiyo jamoasini Avstriyadagi yig'indan beri kuzatib yurgani malum bo'ldi.

Biroq shvedlar ustozi Yanne Andersson tezda uni oqladi: "Lasse Janubiy Koreya taktikasini o'rganish bilan shug'ullandi. U mashg'ulot yopiq ekanligini bilmagan. Buni noto'g'ri tushunganlardan uzr so'rayman".

SHvedlar JCH-2018dan oldin psixolog bilan ishlagani aniqlandi. Biroq bosh murabbiyning so'zlariga ko'ra, u sport masalalari bo'yicha maslahatchi ekan.

Birinchi o'yin natijasiga ko'ra, shvedlarning tayyorgarligi foydaliroq bo'lib chiqdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика