So’nggi yangiliklar

07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4

Konfederaciyalar kubogi-2003 yoxud Mark-Viven Foening vafoti VIDEO Yangiliklar

Konfederaciyalar kubogi-2003 yoxud Mark-Viven Foening vafoti VIDEO

FIFA rasmiy sayti 2003 yilgi Konfederaciyalar kubogi musobaqasini yodga oldi.

Katta musobaqa finalidan so'ng bunday voqeani deyarli hech qachon ko'rmagansiz:Mag'lub bo'lgan jamoa sardori g'olib jamoasi sardori bilan birgalikda sovrinni qabul qilib olmoqda. Finalda yutqazgan jamoa chempionlar bilan birgalikda stadionni aylanib chiqishmoqda. Muxlislar har ikkala jamoani bir xilda olqishlashmoqda. Sababi o'sha paytda kim g'olib, kim mag'lub ekani umuman ahamiyatga ega emasdi.

2003 yil Franciyaning Parij shahrida o'tgan Konfederaciyalar kubogi u qadar yorqin bo'lmadi, biroq eng tasirli musobaqaga aylandi. Futbol ikkinchi planga tushdi, chunki uch kun oldin katta fojea ro'y bergandi. Musobaqa yarim finali doirasidagi Kamerun – Kolumbiya uchrashuvida afrikaliklar yarim himoyachisi Mark-Viven Foe maydon markaziga yaqin joyda erga yiqildi va qaytib o'ziga kelmadi...

Maydon markazida yiqilib tushganida bu qadar jiddiy narsa bo'lganini o'ylamagandik, – deb xotirlaydi Kamerun terma jamoasi posboni Karlos Kameni. – Nima uchun u yiqildi? Balki, charchoq tasir qilgandir. Maydonga qaytishiga shubha qilmagan edik.

SHifokorlar futbolchining yuragini ishga tushirishga harakat qilishdi, biroq o'sha voqeadan bir soat o'tib Foe vafot etdi.

28 yoshli Foening vafoti barchani shok holatiga tushirib qo'ydi. O'sha kun biroz kechroq o'tkazilgan ikkinchi yarim final doiraisidagi Franciya – Turkiya o'yini bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi. Foe Franciyaning Lion klubida o'ynardi, shu bois bu terma jamoaning ko'plab futbolchilari bilan tanish edi. Ayniqsa Franciya posboni Gregori Kupe Lionda Foe bilan birga faoliyat olib borar edi. Francuzlar o'sha bahsdagi ilk golni kamerunlik futbolchining xotirasiga bag'ishlashdi: Terri Anri hisobni ochgan vaziyatda barcha futbolchilar qo'llari bilan osmonga ishora qilishdi.



Franciya yarim finalda g'olib bo'lib (3:2) finalga chiqdi. Finalda esa Kamerun mag'lub etildi (1:0). Francuzlarga o'z maydonidagi musobaqada g'olib chiqish juda muhim edi:

Qo'shimcha bosimni his qilardik. Birinchidan o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynardik. Ikkinchidan JCH-2002da guruhda bironta gol ura olmay qolib ketgan edik. SHu bois o'zimizni ko'rsatishimiz kerak edi, - deydi yarim himoyachi Rober Pires.

Baribir natija ikkinchi planga tushib qoldi. Foening vafotidan keyin xattoki final bekor qilinishi ham mumkin edi. Agar Kamerun finaldan voz kechsa hech kim ulardan xafa bo'lmas edi. Biroq yigitlar o'zlarida kuch topishdi va hal qiluvchi bahsga chiqishdi.

Uni yo'qotganimizdan so'ng musobaqani davom ettirish uchun kuchimiz qolmagandi, - deydi Karlos Kameni. – Ammo uning qanday jangchi bo'lganini, g'alabaga bo'lgan irodasi qanchalik kuchli ekanini eslagach, barchamiz finalda o'ynashga qaror qildik. Foe xotirasi uchun ham maydonga tushdik.



Jamoa sardorlari finalga Foening katta rasmini ko'tarib chiqib kelishdi. Uchrashuvdagi yagona, Anrining oltin golidan so'ng jamoalar kubokni birgalikda qabul qilib olishgandi.

Bu juda ham tasirli, juda ham hissiyotli vaziyat edi, - deb yodga oladi Franciya terma jamoasi sobiq hujumchisi Jibrill Sisse. – Barchamiz to'g'ri ish qilayotganimizni tushunib turardik. Bu juda yaxshi vaziyat edi.

Musobaqa yorqin vaziyatlari videosini tomosha qilish uchun quyidagi havolaga o'ting: VIDEO


FIFA rasmiy saytidan Narzulla Saydullaev tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика