Kompani: "Jekoga nisbatan qo'pollik ishlatilgandi va bu penalti"
13 mar 2014 03:30
Yangiliklar


Kompani: "Jekoga nisbatan qo'pollik ishlatilgandi va bu penalti"
"Manchester Siti" himoyachisi Vensan Kompani "Barselona" bilan kechgan bahsni boshqarib borgan hakamni tanqid ostiga oldi.
Biz bu o'yinda bor kuchimiz bilan harakat qildik. Uchrashuvda tezkor gol kiritishimiz ham mumkin edi va bu bizni ishimizni osonlashtirib yuborardi. Lekin buni amalga oshira olmadik. Jekoga nisbatan o'yin qoidasi buzilgandi va bu so'zsiz penalti. Lekin endi barchasi befoyda. Tarixda g'oliblar nomi eslab qolinadi. Bu bizning ECHLdagi uchinchi mavsumimiz bo'ldi. Keyingi mavsumda biz hech kimdan qurqmay harakat qilamiz.

Fikrlar