So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Komiljon Mirzaboev: “Men haqimda aytilgan gaplarning barchasi bo'hton” Yangiliklar

Komiljon Mirzaboev: “Men haqimda aytilgan gaplarning barchasi bo'hton”

Yaqinda bir qator internet saytlarida Farhod Norbo'taevning “Yomg'irdan qochib, do'lga yo'liqqan “Neftchi” deb nomlangan tanqidiy maqola chop etildi.
Unda  “Neftchi” PFK raisi Komiljon Mirzaboev tanqidiy maqolaning bosh “qahramoni” sifatida ko'rsatilgan. Mazkur maqola jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo'lgani hech kimga sir emas. SHu munosabat bilan klub matbuot xizmati 1 aprel kuni jurnalistlarni taklif qilgan holda, klub raisi Komiljon Mirzaboev bilan maxsus matbuot anjumanini tashkil etdi. Anjumanda televidenie, gazeta va sayt xodimlar ishtirok etishdi. (Ular SHuhratbek Jo'raev, Islombek Rustambekov, Farhod Norbo'taev, Doniyor Ergashev, To'lqin Yunusov, Ruxsor TV xodimlari) Anjumanda shaxsan maqola muallifining o'zi ham qatnashdi.

Darvoqe, shuningdek, bir guruh muxlislar ham ishtirok etganliklarini aytish joiz.

Buyurtma maqola


Anjuman avvalida yig'ilganlarga Komiljon Mirzaboevning hayoti va futbolga bo'lgan munosabati xususida ko'rsatuv havola etildi. Bu ko'rsatuv 2012 yilda “Sport” telekanali orqali namoyish etilgan.

SHundan keyin u so'zga chiqdi: “Hurmatli jurnalistlar, bugungi matbuot anjumaniga tashrif buryuganinglar uchun sizlarga minnatdorlik bildiraman. Ikki kun oldin internet saytlarida men uchun yoqimsiz bo'lgan maqola chop etildi. Lekin rostini aytsam, men ushbu yozilgan maqolaga jiddiy ahamiyat berganim yo'q. Hamma xohlaganini yozaveradi. Mevali daraxtga tosh otaverishadi deb o'ylagandim. O'z ishimni doimo to'g'ri bajarib kelganim bois beparvo bo'ldim. Ammo vaziyatga chuqur yondoshib qarasam shuncha qilingan mehnatlarim, obro'imga putur etishi mumkin. SHuning uchun sizlarni yig'ib, aslida vaziyat qanday ekanligi borasida gaplashiga qaror qildim.

Aytish mumkinki, yozilgan maqola buyurtma asosida tayyorlangan va menga nisbatan tuhmat qilingan. Ayni paytda ishimiz juda ham ko'p. Men ular bilan shug'ullanishim lozim”.

Besh yillik dastur

- Jamoamiz matbuot kotibi bilan gaplashganimda mayli yozishsa yozishaversin, degandim. Ammo maqola o'ta jiddiy deb aytdi. SHundan keyin o'sha maqola muallifi Farhod Norbo'taevga qo'ng'iroq qilib, bir-birimizning ko'zimizga qarab gaplashaylik dedim. Bu borada matbuot anjumaniga kelgani uchun Norbo'taevga ham rahmat. Siz jurnalistlarning ishingiz yozish, mening ishim esa futbolni rivojlantirish. Yozilgan maqola xolisona bo'lganida haqiqatga to'g'ri kelardi. Bu bilan meni ertaga ishdan bo'shatib yuborishmaydi. “Neftchi” klubini rivojlantirish uchun besh yillik dastur ishlab chiqqanmiz. Aynan ushbu dastur bo'yicha jiddiy ishlarni olib boryapmiz. Men futbolni yaxshi tushunaman, unda har xil muammo va to'siqlar bo'lishini ham bilaman. Ammo hammasini yaxshi tomonga o'zgarishi ham mumkin.

Qiladigan ishlarimiz ko'p

Bizda shartnomalar o'ta maxfiy hisoblanadi. Tuzilgan shartnomani men, futbolchi va O'zbekiston Futbol federaciyasining sport bo'limida ro'yxatdan o'tkazadigan inson biladi. Lekin maqolada yo'q narsalar yozilgan. Agar maqolada keltirilgan faktlar to'g'ri bo'lganida men hozir bu erda o'tirmagan bo'lardim. Balki muallif meni ko'rmagan va bilmagani uchun o'z xissiyotlari darajasida yozgan bo'lishi mumkin. SHuning uchun sizlar bilan ochiq gaplashib olmoqchiman va ushbu mavzu yopilishini istayman. Bizni oldinda ko'plab ishlar kutib turibdi. Yangi stadion, akademiya bilan shug'ullanyapmiz, ayollar jamoasini tashkil qilganmiz, ular bilan ishlayapmiz. Qolaversa, bazamizni yangilamoqchimiz. SHuning uchun tez orada qayta tamirlamoqchimiz. Qiladigan ishimiz juda ko'p. Bunday bo'hton va bo'lmag'ur gaplarni deb, vaqtimni behuda safrlamoqchi emasman.

Quruq gaplar


Junalistlardan biri klubni tark etgan futbolchilar mablag' to'langan qog'ozga imzo chekishgan. Ammo ular o'z haqlarini olishmaganligi xususida savol berdi. Bunga klub raisining javobi quyidagicha bo'ldi:

- Huquq-tartibot organlari bor. Bu erdagi gaplarimiz quruq gap xolos. Yaxshisi, ular ushbu organlarga bo'sh qog'ozga ko'tarma pulini olganligi uchun imzo qo'yib berishgani haqida yozib berishsin. Bundan tashqari, futbolchilarning pullari plastik kartochkaga o'tkazib beriladi. Qanday qilib, ularning pullarini o'zlashtirish mumkin? Bunday muammolarni ularning o'zlari tegishli organlarga yozib hal qilib olaverishsin. Men futbolchilarga pul berayotganini ham, olayotganini ham ko'rmayman. Ular nega aynan endi ushbu mavzuni ko'tarib chiqishdi? Nega bu haqida ketayotgan paytda aytishmadi? O'zingiz ham bo'hton bo'layotganini yaxshi tushunib turibsiz-ku!
 
Petkovich masalasi

Maqolada serbiyalik futbolchi Igor Petkovichning 200 million so'm miqdorida ko'tarma puli olingani yozilgan edi. Ammo aslida unday emasligi klub raisi tomonidan aytib o'tildi.

- Joriy yildan etiboran “Neftchi”da ko'tarma pullari berilmaydi. Uning o'rniga futbolchilarga mavsum yakunida qo'shimcha bonuslar berilish borasida kelishib olganmiz. Buning uchun jamoa o'z oldiga qo'shilgan vazifani bajargan bo'lishi kerak. SHunday ekan, Petkovich ham bundan mustasno emas. Bunga ishonmaganlar uchun shartnomasini ko'rsatishim mumkin. U faqat maosh oladi. Umuman olganda, bunday raqamlar qaerdan olingani meni hayron qoldirmoqda.

Amet Memet haqida

Amet Memetni rahbariyatning taklifi bilan olib kelganmiz. Faqat u kelgan paytda jamoamizda Evgeniy SHoxin bosh murabbiy edi. Lekin uning o'zi sog'ligi yomonligini aytdi. U sog'ligi yomonligi uchun klubdan ketdi. Memet kelganda u bilan shunday kelishgandik: avvaliga oylik bilan mukofot pullarni olasiz, keyin oxirida shartlarni aytasiz. Keyin chempionat yakunida kelishganimizdek Memet rahbariyatga o'zining shartlarini malum qildi. Biroq u bizga shunday talablar qo'ydiki, nafaqat “Neftchi”, balki boshqa klublar ham uning talabini bajara olmasdi. Amet Abdullaevich bilan xayrlashdik.

Ushbu mutaxassis ham faqat maosh olgan xolos. Unga ham hech qanday ko'tarma pullari berilmagan. Amet Abdullaevich bilan kelishuvimiz 31 dekabr kuni o'z nihoyasiga etgan. Unga pul berib kelayotganimiz haqidagi xabarlar ham asosga ega emas deb o'ylayman. Mana uning ham shartnomasidan nusxa olib kelganman. PFL muhri bosilgan. Ko'rib turganingizdek, hech qanday qo'shimcha pul to'lanmagan.

Devid Oniya to'g'risida

- “Neftchi” davolash markaziga aylandi deganlar uchun shuni aytishim joizki, Oniyaning biz bilan tuzgan shartnomamiz bor. Yil boshida nigeriyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaganmiz. Bizga aynan u kabi tajribali himoyachi kerak edi. Ammo Devid “Futbol Med” ko'rigidan o'ta olmadi. Ayni damda klub tomonidan davolanmoqda. Yaqinda himoyachi oldimga kelib, Qozog'istonga ketmoqchi ekanligini, biz sarflagan pullarni to'lashini aytdi. Lekin men bunga bitim muddat yakunlamasdan qo'yib yubormaslimizni aytdim. Agar ikkinchi davrada yana tibbiy ko'rikdan o'ta olmasa, Oniya klub sarflagan pullarni qaytaradi va ozod agent sifatida “Neftchi”ni tark etishi borasida kelishib oldik.

Kuni kecha u bilan gaplashdim. Himoyachi davolash jarayoni yaxshi ketayotganini va tez orada yana mashg'ulotlarga kirishini aytdi. Bu albatta biz uchun quvonarli holat.

Gvazava xususida

Gvazava haqida ham shuni aytish joizki, uni avval “Paxtakor”ga tavsiya etishgan. Ular esa bizga taklif etishdi. Unga ham boshqalar qatori hech qanday ko'tarma puli berilmagan. Levani bilan olti oyga shartnoma imzolaganmiz. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi.

SHuni aytish kerakki, hamma o'ylaganidek Farg'onada pullar daraxtda o'smaydi. O'yinchilar bilan o'z o'g'lim bilan gaplashgandek gaplashaman. Ishonmaganlar borib so'rashi mumkin.

Futbol ichidagi odam


Jamoamni tark etgan o'yinchilarga hech qanday yomonligim yo'q. Ular ketayotganida ko'zimga qarab xayrlashib ketishgan. O'sha Sardor Mirzaev, SHukur Po'latov, Anvar Berdiev, Mansur Saidov faqat Iqbol Akramov xayrlashmasdan ketgan xolos. Kim nima desa deyaversin, hamma o'z fikriga ega. Men esa uzoq yillardan beri futbolning ichidaman. Kecha futbolga kirib bugun klubga rais bo'lib qolganim yo'q. Bu yo'lda qanchadan-qancha mashaqqatlarni bosib o'tganman, buni sizlar bilmaysizlar. “Neftchi”dagi hozirgi qiyinchiliklar hech narsa emas. Biz albatta bu vaziyatdan chiqib ketamiz.

Xulosa o'rnida

Elektron OAV rivojlanib ketdi. Axborot olish va tarqatishning eng tez, oson va (bugungi kunda muhim bo'lgan) arzon yo'li ham shu. Internet orqali tarqatilgan xabarlar ham ommaga juda tez etib bormoqda. Lekin ayrim saytlarda berilayotgan malumotlar asossiz ekanligi kishining hayratga soladi. Xususan, “Yomg'irdan qochib, do'lga yo'liqqan “Neftchi” nomli maqolasini ham shular qatoriga qo'shish mumkin. Matbuot anjumanida ishtirok etgan muallif bildirilgan fikrlarni dalillar bilan isbotlab bera olmadi.

Buni klub huquqshunosi ham afsus va nodomatlar bilan tilga oldi.

- Avvalo bir narsani tushunishlaringizni istayman. Sud hukmi chiqmaguncha biror kishini jinoyatchi deb atashga hech kimning haqqi yo'q. Maqola muallifi esa klub raisini jinoyatchiga chiqarib qo'yibdi. Eng achinarlisi unda aniq dalillar yo'q. Faqat eshitgandim, aytishgandi kabi quruq gaplar.  Bekorga dono xalqimiz “qo'lidan ushlamasang o'g'ri emas” deb aytishmaydi. Rostini aytsam, hozir bu erga kelib qimmatli vaqtimni boy berganimni tushundim. Bunday maqolani yozish uchun aniq dalillar kerak. Dalil bo'lmasa hech narsaga erisha olmaysiz”, deydi jamoa huquqshunosi.

Darhaqiqat, bunday maqolalarni yozish uchun qo'limizda etarlicha dalil bo'lmas ekan, pand eb qo'yishimiz hech gap emas.
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика