Koloskov Rossiyaning OFKga o'tishi haqida: "Bu botqoq va biz unda halok bo'lamiz. Oliy ligadan havaskorlar ligasiga tushamiz"
29 dek 2022 02:45
Yangiliklar
Koloskov Rossiyaning OFKga o'tishi haqida: "Bu botqoq va biz unda halok bo'lamiz. Oliy ligadan havaskorlar ligasiga tushamiz"
Rossiya futbol ittifoqi faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov Rossiyaning Osiyo futbol konfederaciyasiga o'tishiga qarshi.
"Bu botqoq va uzoq yillar bu botqoqdan chiqishning iloji bo'lmaydi. Bu huddi oliy ligadan havaskorlar ligasiga tushishga o'xshaydi.
Bazilar Osiyo chempionlar ligasi va JCH saralashida o'ynaymiz deb o'ylashmoqda, ammo bu hozircha kafolatlanmagan. Osiyoda 47ta associaciya bor va biz kamida 24ta ovoz yig'ishimiz kerak. Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya yoki Malayziya hech qachon bizga ovoz bermaydi. Bu katta tavakkal, qaror qabul qilishdan avval osiyoliklar bilan kelishib olish kerak.
Biz botqoqqa tushyapmiz. U erda turli yoshlar uchun musobaqalar, ayollar futboli, futzal yo'q. SHunchaki halok bo'lamiz" - deydi Koloskov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar