Klopp Sautgempton akademiyasi haqida gapirdi
10 fev 2018 01:37
Yangiliklar
Klopp Sautgempton akademiyasi haqida gapirdi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning navbatdagi turida “Sautgempton”ga qarshi bhas oldidan raqib jamoa akademiyasi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Qizillar” safida “Sautgempton”ning bir qator sobiq futbochlchilari – Virjil van Deyk, Deyan Lovren, Nataniel Klayn, Adam Lallana, Aleks Oksleyd-CHemberlen va Sadio Mane to'p tepishadi.
“APLda Sautgemptondan chiqqan bir qator iqtidorli futbolchilar to'p tepadi. Men odatda biror bir yangi futbolchi haqida so'raganimda, ko'pincha aynan ushbu klub akademiyasidan etishib chiqqanligini aytishadi. Haqiqatan ham ularda bu borada samarali tizim ishlamoqda. “Liverpul” skautlik bo'limini aynan shu akademiyada joylashtirish kerak” deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports nashri.
O’xshash yangiliklar
15:11
Saudiya Arabistoni klubi Saloh bilan muzokaralar olib bormoqda, ushbu klubga van Deyk ham qiziq 1
Fikrlar