So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  17 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  13 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

"K.K 26" akciyasiga 3 kun qoldi! 3 kundan keyin Qarshida uchrashamiz! Yangiliklar

"K.K 26" akciyasiga 3 kun qoldi! 3 kundan keyin Qarshida uchrashamiz!

Yana roppa-rosa uch kundan so'ng Kamoliddin Kenjaevga bag'ishlab o'tkazilayotgan xayriya akciyamizning ilk tadbiri bo'lib o'tadi.

Qarshidagi "Geolog" zalida bo'lib o'tadigan tadbir qiziqarli o'tishi kutilyapti. Ayni paytda "Nasaf" FK bilan hamkorlikda tashkillashtirilayotgan shou muxlislarga yoqishiga umid qilamiz.

SHu kungacha o'z xayriyasini tadbirda berishni niyat qilib kelgan o'quvchilar, zalga o'rnatiladigan maxsus qutilarga o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib pul tashlashlari mumkin bo'ladi. 

Toshkentdagi tadbir 29 noyabr kuni "Yoshlik" sport zalida ("Paxtakor" metro bekati yonida) bo'lib o'tadi. Unda Kamoliddin Kenjaev do'stlari O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi baxs olib boradilar.

SHuningdek, shu kuni saytimizning 4 yoshi munosib nishonlanadi. K.Kenjaev futbolkasini xarid qilgan sayt o'quvchilaridan tashkil topgan terma jamoa O'zbekiston futbolining yulduzlariga qarshi bahs olib borish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 

Futbolkalarni harid qilishni istagan o'quvchi +99890-988-67-55 raqamiga qo'ng'iroq qilishi mumkin. Futbolkalar soni chegaralangan, 20ta! Sotuvdan tushgan pullarning bari "K.K 26" akciyasiga qo'shiladi. Aynan futbolkaga ega bo'lgan o'quvchilargina o'zbek futboli yulduzlariga qarshi bahs olib borish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 

SHuningdek, "SA" tomonidan turli nominaciyalar bo'yicha oliy liganing eng yaxshilari deb topilgan futbolchi va mutaxassislar maxsus diplom bilan rag'batlantiriladi. 


Qarshi tadbiri rejasi:

Xayriya tadbirining o'tkazish sanasi: 2014 yil 22 noyabr

 15:00da – Xayriya tadbirini ochilish marosimi, Qashqadaryo viloyat hokimining maruzasi.

 15:10da – Xonanda Alijon Isoqov boshchiligidagi sanatkorlarning koncert dasturi

 15:40da – “Nasaf” futbol maktabining 2005-2006 yillarda to'g'ilgan tarbiyalanuvchilari o'rtasida futbol o'yini (10 daqiqadan ikki bo'lim, 5 daqiqalik tanaffus).

 16:05da – Koncert dasturining davomi

 16:15da – Kamoliddin Kenjaev do'stlari o'rtasida futbol shou uchrashuvi (20 daqiqadan, ikki bo'lim, 10 daqiqa tanaffus). Tanaffus paytida yana Alijon Isoqov koncert dasturini davom ettiradi.

 17:05da – Xayriya dasturini yakunlash marosimi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика