So’nggi yangiliklar

01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  1 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  1 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  7 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  2 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0

"Kino davom etadi": "Nasaf" Diakite uchun jarima to'laydi Yangiliklar

"Kino davom etadi": "Nasaf" Diakite uchun jarima to'laydi

"Navbahor"ning Kanchelskis, "Surxon"ning Bubanya bilan mojarolari trenddan tushib ulgurgani yo'q.

Bugun Qarshidan ham shunday darak keldi. Malum bo'lishicha, FIFA o'zbek futbolida professionallikning timsoli sifatida ko'rsatiladigan "Nasaf"ga 2 noyabr kuni bir quloch xat yuborgan...

"Ajdarlar" 2020 yilgi mavsumga tayyorgarlikni Antalyada o'tkazgani yodinizda bo'lsa kerak. Aynan Turkiya yig'inida jamoaning bugungi etakchisi Marko Stanoevich bilan shartnoma imzolangan edi. Buni nega eslayapmiz?

Gap shundaki, klub matbuot xizmati 2020 yilning 7 fevralida "Nasaf" yig'iniga Stanoevich bilan birga, franciyalik Abdelaye Diakite kelib qo'shilgani haqida malumot bergan.

Keyinchalik ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan serbiyalik bilan shartnoma imzolandi. Mali aslli Diakite esa "Nasaf" lagerida boshqa ko'rinish bermadi.

Endi esa FIFA qashqadaryoliklarga xat yuborib, 45 kun ichida Abdelayening hisob raqamiga yaxshigina summa o'tkazib berishni talab qilyapti. 

Championat.asia'ga malum bo'lishicha, futbolchi "Nasaf"ning ustidan FIFAga arz qilgan. Tashkilot esa bu ishni o'rganib chiqqani holda 31 yoshli himoyachini haq deb topgan.

Uning takidlashicha, Antalyada "Nasaf" vakillari Diakite bilan 1 yillik shartnoma tuzishgan. Biroq, malum muddatdan keyin bitim 1 tomonlama bekor qilinganini aytib, uni ketkazib yuborishgan. SHundan keyin yozga qadar klubsiz yurgan Abdelaye Ruminiya klubi safiga borib qo'shilgan ekan.

FIFA bunday holatda futbolchining huquqlarini himoya qilishini bilasiz. "Nasaf" esa 12 kun ichida mazkur qaror yuzasidan appelyaciya berish huquqiga ega. Agar himoyachi talab qilayotgan summa vaqtida to'lanmasa, "ajdarlar"ga kelasi mavsum uchun OFK licenziyasi taqdim etilmaydi. Klubga yaqin manbalardan biri "Nasaf" to'lashi kerak bo'lgan summa taxminan 100 ming dollar atrofida ekanini bildirdi.

Maqola: Bahrayndagi mag'lubiyatdan keyin... 

Muallif :
Reyting: -43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика