Kibersport. O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritdi
29 iyu 2024 18:00
Yangiliklar
Kibersport. O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Dota 2 bo'yicha Osiyo chempionati saralash bahslari bo'lib o'tdi.
O'zbekiston terma jamoasi Markaziy Osiyo saralash o'yinlarida ishtirok etdi. O'zbekistonliklar Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston va Tojikiston o'rin olgan guruhda 4ta bahsda 4ta g'alaba qayd etdi.

Dota 2 bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 13-17 sentyabr kunlari Xitoyning CHengdu shahrida o'tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Turnirda 10ta jamoa ishtirok etadi. G'oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
1-o'rin. 25 ming dollar+JCH yo'llanmasi
2-o'rin. 15 ming dollar+JCH yo'llanmasi
3-o'rin. 10 ming dollar+JCH yo'llanmasi
4-o'rin. JCH yo'llanmasi
O'zbekiston terma jamoasini sharafini himoya qilganlar orasida faqatgina jamoa sardorining ismi malum (Akbar "Sonneiko" Butaev), qolganlarning esa faqat niklari yozilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar