So’nggi yangiliklar

10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  0 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  17 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5

Kiberfutbol. 6-turda JCH ishtirokchisi va oliy liga etakchisi to'qnashuvi bo'ladi Yangiliklar

Kiberfutbol. 6-turda JCH ishtirokchisi va oliy liga etakchisi to'qnashuvi bo'ladi

Teglar :  Kiberfutbol
28-29 yanvar kunlari kiberfutbol bo'yicha PCFLning oliy hamda birinchi liga uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Ayni damda 5 ta tur o'yinlari bo'lib o'tgan va dam olish kunlari 6-tur bahslarini kuzatishingiz mumkin. Barcha uchrashuvlar UCFGA (O'zbekiston kiberfutbol o'yinlari associaciyasi)ning yangi o'yin markazi UzArena ("Integro" savdo majmuasi)da bo'lib o'tadi. Oliy liga turnir jadvalida hozircha kuchli "Lokomotiv" kiberfutbolchilari etakchilik qilmoqda. Abdusapi Qayumov va O'ktam Ibragimovlar 5 ta tur davomida birorta ochko yo'qotishmadi.

Oliy liga turnir jadvali



Birinchi ligada esa "Nasaf" va "Neftchi" kibersportchilari Dilshod Majidov va "Emelien" hozircha barcha uchrashuvlarda g'olib chiqib, birinchi va ikkinchi o'rinni egallab turishibdi. Ushbu ligada estrada xonandasi SHaxriyor repper ham ishtirok etmoqda. Ayni damda u faqat 2 ochkoga ega.

Birinchi liga turnir jadvali



Navbatdagi turda bizni qiziq uchrashuvlar kutib turibdi. 6-turda 2016 yil Parijda bo'lib o'tgan jahon chempionati ishtirokchisi, "Bunyodkor" kiberfutbolchisi Muhammadamin Turg'unboev ayni damda 5 ta uchrashuvda 5 ta g'alabaga erishgan "Lokomotiv" o'yinchisi O'ktam Ibragimov bilan kuch sinashadi.



6-tur. Oliy liga

Jamshid Jo'raqulov ("Dinamo") - Sirojiddin Kamolov ("Bunyodkor")

Xislat Umarov ("Nasaf") - SHerxon Isakov ("Paxtakor"

Muhammadamin Turg'unboev ("Bunyodkor") - O'ktam Ibragimov ("Lokomotiv")

Isroil Rixsiev ("Paxtakor") - Dilshod Matyakubov ("Qo'qon-1912")

Sanjar Usmanov ("Lokomotiv") - SHuhrat ("Qo'qon-1912")

Aziz Ergashev ("Neftchi") - Farruh Haydarov ("Olmaliq")

SHerzod Mirazizov ("Lokomotiv") - Murodbek Jo'raqulov ("Qizilqum")

Bobur Bobomurodov ("Buxoro") - Qahramon Solihboev ("Metallurg")

Server Kerimov ("Metallurg") - Abdusapi Qayumov ("Lokomotiv")

Ilhom Turdiqulov ("Nasaf") - Ilzat Madjidov ("Olmaliq")


6-tur. Birinchi liga

Ochilov Suhrob ("Buxoro") - Timur ("Qizilqum")

Boburmirzo ("Bunyodkor") - Anvar ("Neftchi")

Evgeniy ("Lokomotiv") - Kozimxon ("Metallurg")

Saidaziz ("Bunyodkor") - Azizxon ("Qo'qon-1912")

Farruh G'aniev ("Qo'qon-1912") - Farhod ("Metallur")

Husan Abdullaev ("Qizilqum") - Amirbek ("Buxoro")

SHaxriyor repper - Oybek Tojiev ("Nasaf")

Ravshan Tursunov ("Paxtakor") - Muhammad Ali

Kazbek - Jaksilik Igilikov

Abdulaziz ("Neftchi") - Dilshod Madjidov ("Nasaf")


Barchani kiberfutbol muxlislarini va o'zini FIFA17da sinab ko'rmoqchi bo'lganlarni "UzArena"ga taklif qilamiz.

Manzil: CHilonzor metro bekati, "Integro" savdo majmuasi markazi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика