So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  3 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  2 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  3 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  98 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

"Bunyodkor" va "Metallurg" vakillari Ukrainadagi xalqaro turnirda ishtirok etishadi Yangiliklar

"Bunyodkor" va "Metallurg" vakillari Ukrainadagi xalqaro turnirda ishtirok etishadi

Kievning "Dinamo" klubi ilk marotaba kiberfutbol bo'yicha xalqaro turnir o'tkazmoqda.

26-27 avgust kuni Ukraina poytaxti Kiev shahrida joylashgan "Olimpiyskiy" stadionida kiberfutbol bo'yicha "Dinamo" Yozgi Kubogi deb nomlagan professional kiberfutbol musobaqasi o'tkaziladi.

Turnirda ishtirok etadigan 16 ishtirokchining 10 nafari o'z mamlakatida etakchi bo'lgan, turli nufuzli va xalqaro turnirlarda g'olib bo'lgan kiberfutbolchilar hisoblanishadi.

Qolgan 6 nafar qatnashchi ochiq onlayn saralash doirasida turnirda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan kiberfutbolchilardir.

Turnir ishtirokchilari:

- Dani ‘Dani’ Hagebeuk, AFC Ajax (Gollandiya)

- Andrés ‘Andrescytorres’ Torres, "Zalcburg" (Avstriya)

- Milosz ’Milosz93’ Bogdanowski, "Legiya" (Polsha)

- Anton ’Anzinho8’ Korvenaho, SJK (Finlyandiya)

- Robert ‘Ufenok’ Fakhretdinov, "Lokomotiv" (Rossiya)

- Evgeni ‘Yozhyk’ Mostovik, Navi (Ukraina)

- Konstantin  Ketko, "Dinamo" (Belarus)

- Turgunboev Mukhamaddamin, "Bunyodkor" (O'zbekiston)

- Sandro  Maghlakelidze, Gruziya futbol federaciyasi (Gruziya)

- Giorgi Levidze, Gruziya futbol federaciyasi (Gruziya)

- Vitaly ‘Labotryas’ Mukha, "Dinamo" Kiev (Ukraina)

- Server 'Cekka' Kerimov, "Metallurg" (O'zbekiston)

UVSCF (O'zbekiston virtual sport o'yinlari va kiber futbol federaciyasi) turnir hamkori hisoblanadi. Avvaliga O'zbekistonga bitta yo'llanma ajratilgan edi. Mamlakatimizda o'tkazilgan saralash bahslarida "Bunyodkor" kiberfutbolchisi Muhammadamin Turg'unboev g'olib bo'ldi. Turnir ishtirokchilaridan biri malum bir sabablarga ko'ra musobaqada ishtirok eta olmasligi elon qilinganidan so'ng, ushbu o'yinlar tashkilotchilari bu joyni O'zbekistonga berishdi. Mamlakatimizdagi saralashda o'zini yaxshi ko'rsata olgan "Metallurg" o'yinchisi Server Kerimov ushbu turnirda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ldi.


Ayni damda ikki kiberfutbolchimiz Muhammadamin Turg'unboev va Server Kerimovlar UVSCF (O'zbekiston virtual sport o'yinlari va kiber futbol federaciyasi) vice-prezidenti Alimaksumov Alixon bilan Ukrainada va o'yinchilar turnirda o'z ishtiroklarini boshlashga tayyorlar. "Bunyodkor" va "Metallurg" klublari vakillariga ushbu musobaqada omad tilaymiz!




Turnirdagi o'yin natijalarini bu erda kuzatib borishingiz mumkin: "Dinamo" Yozgi Kubogi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика