So’nggi yangiliklar

21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  1 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  0 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  4 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  6 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  7

Kiber futbol. “Nasaf” PFK vakili turnir g'olibi bo'ldi! Yangiliklar

Kiber futbol. “Nasaf” PFK vakili turnir g'olibi bo'ldi!

Teglar :  KiberfutbolNasaf
Keyingi yillarda mamlakatimizda kiber futbolga ham katta etibor qaratila boshlandi. Endi ko'pgina oliy liga jamoalarining o'z kiber futbolchilari ham bor.

Kelgusida klublarning kiber futbolchilari o'rtasida katta turnirlar ham tashkil etilishi nazarda tutilgan. SHuningdek ichki chempionatda g'olib bo'lgan kiber futbolchilar, xalqaro turnirlarda ham ishtirok etadilar.

O'zbekiston Kiber Futbol Assosaciyasi tashabbusi bilan, Toshkentda “Uz Arena” – kibersport ko'ngilochar binosi barpo etildi. Bu erda ichki liga turnirlari va xalqaro turnirlar o'tkazilishi uchun barcha sharoitlar mujassam etildi. Assosaciya tomonidan “Uz Arena”ning ochilishiga bag'ishlangan maxsus akciya ham tashkil etildi.

Ushbu akciya paytida barcha qiziquvchilar uchun 7 yanvargacha bepul xizmat ko'rsatildi.

Etiborlisi, ochilish marosimiga atab tashkil etilgan katta turnirda barcha o'zbek futbol klublari kiber futboldagi professional o'yinchilari ham qatnashishdi. “Nasaf” PFK sharafini himoya qilayotgan, O'zbekiston kiber futbolchilar  terma jamoasi sardori, “Keeper” nikli Xislat Umarov turnir g'olibiga aylandi.



Xislat Umarov – “Keeper” yarim finalda “Lokomotiv” PFK azosi,  O'zbekistonning 2015-2016 yillardagi chempioni O'ktam Ibragimov – “Rembo”ni mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Finalda esa kiber futbolchimiz “Qo'qon-1912” PFK vakili va jamoa murabbiyi Dilshod Matyoqubov – “Bankir”ni mag'lubiyatga uchratdi va turnir g'olibligini qo'lga kiritdi.

Xislat Umarov – “Keeper”ga  Ps4 jyostigi sovg'a sifatida topshirildi. Bundan tashqari, “Uz Arena”da o'tkazilgan birinchi rasmiy katta turnir g'olibi sifatida, binoda uning katta surati osib qo'yiladigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, mamlakatimiz kiber futboli oliy ligasida klubimiz sharafini,  Xislat Umarov bilan birga  Ilhom Turdiqulov ham himoya qilmoqda.

Har ikkala kiber futbolchimizga keyin turnirlarda ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика