Keza 9 oylik davolanishdan keyin maydonga qaytishga yaqin
19 okt 2022 09:40
Yangiliklar
Keza 9 oylik davolanishdan keyin maydonga qaytishga yaqin
“Yuventus” vingeri Federiko Keza jarohatidan tiklanishning oxirgi bosqichida turibdi.
U A Seriya doirasida o'tadigan “Empoli”ga qarshi bahsda maydonga qaytishi kutilmoqda. 24 yoshli italiyalik yanvarda “Roma”ga (4:3) qarshi bahsda oyog'idan jarohat olgandi va operaciyani boshdan o'tkazgandi.
Insayder Janluka Di Marcioning xabar berishicha, Keza “Yuve”ning yoshlar jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida qatnashgan va jamoaviy mashg'ulotlarda yaxshi ishtirok etgan.
Eslatib o'tamiz, “Empoli”ga qarshi uchrashuv 21 oktyabrga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar