Keyta raqibining yuziga zarba bergani uchun 3 ta o'yinga chetlatildi
19 sen 2017 03:10
Yangiliklar
Keyta raqibining yuziga zarba bergani uchun 3 ta o'yinga chetlatildi
Germaniyaning “RB Leypcig” klubi yarim himoyachisi Nabi Keyta 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Gvineyalik futbolchi Bundesliganing 4-turi doirasidagi Menxengladbaxning “Borussiya” klubiga qarshi kechgan o'yinda raqib futbolchisi Kristof Kramerning yuziga oyoq bilan zarba berdi.
Bu holat 83-daqiqada sodir bo'ldi. Referi esa Keytaga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi. Endi 22 yoshli Keyta “Augsburg”, “Ayntraxt” va “Keln” klublariga qarshi kechadigan o'yinlarda maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Keyta mavsum yakunlanganidan so'ng “Liverpul” klubiga ko'chib o'tadi. Mermisaydliklar Gvineya terma jamoasi futbolchining transferi uchun 30 million funt sterling to'lashadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar