Keylor Navas: "Gollar bo'ladi, mehnat qilish kerak"
03 dek 2017 19:05
Yangiliklar
Keylor Navas: "Gollar bo'ladi, mehnat qilish kerak"
"Real" darvozaboni Keylor Navas Ispaniya chempionati doirasida "Atletik"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz o'yinni juda yaxshi o'tkazdik. Afsuski, o'zimiz istagan uch ochkoni qo'lga kirita olmadik. Ammo, biz oxirigacha kurashdik. G'alabaga loyiq edik. Lekin, turnir yakunigacha hali ko'p vaqt bor. Asosiysi, mehnat qilishda davom etish kerak. Ushbu o'yin orqali biz turnir jadvalidagi farqni biroz qisqartirishimiz mumkin edi. Biroq, endi gapirgandan foyda yo'q. Agar biz chempionlik uchun kurashmoqchi bo'lsak navbatdagi o'yinlarga jiddiy tayyorlanishimiz lozim. Men xotirjamman, La Ligada o'ynayotganimdan baxtliman", - dedi darvozabon.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar